Server Jeparov Rossiyadagi amaliyot jarayoni haqida gapirdi
07 okt 2024 13:50
Yangiliklar
Server Jeparov Rossiyadagi amaliyot jarayoni haqida gapirdi
"31 avgust kuni men Moskvaga uchib keldim. Ikkita o'yinda bo'ldim: "Spartak" – "Rubin" va "Lokomotiv" – "Krasnodar".

3 sentyabr kuni Qozonga bordim. SHu kundan boshlab "Rubin"dagi amaliyotim boshlandi. 27 sentyabrgacha u erda bo'ldim: bosh murabbiy Rashid Rahimov bilan suhbatlashdim, o'quv jarayoni va nazariyasida qatnashish uchun ruxsat oldim, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va jamoa shifokori bilan ham suhbatlashdim. SHu vaqt ichida "Rubin" o'tkazgan barcha o'yinlarda qatnashdim.


SHundan so'ng Moskvaga qaytib keldim va u erda amaliyotimni "Dinamo"da davom ettirdim. 29 sentyabrdan 6 oktyabrgacha u erda bo'ldim. Men "Rubin"dagidek sxema bo'yicha amaliyot o'tadim. Juda ko'p tajriba va yangi bilimlarga ega bo'ldim, ularni yaqin kelajakda amalda qo'llashga umid qilaman", – dedi Jeparov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar