Server Jeparov Qozog'iston klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018, 19:12
35 yoshli o'zbekistonlik yarim himoyachi Server Jeparov Qozog'istonda o'ynaydigan bo'ldi.

Ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Jeparov Toldiqo'rg'onning "Jetisu" klubi ixtiyoriga yetib bordi.

Bu haqda KazFootball.kz xabar berdi. Ayni paytda "Jetisu" Qozog'iston Premer-ligasida 19ta o'yinda 22 ochko to'plab 12ta klub orasida 7-pog'onada bormoqda.

Jeparov o'tgan mavsum Eronning "Istiqlol" klubida o'ynagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia