Server Jeparov "Lokomotiv" sport direktoriga aylandi
15 iyu 2022 14:56
Yangiliklar
Server Jeparov "Lokomotiv" sport direktoriga aylandi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Server Jeparov Toshkentning "Lokomotiv" klubi sport direktori etib tayinlandi.
"Yosh va iqtidorli mutaxassislardan biri, o'z vaqtida (2008, 2011) Osiyoning ikki karra "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Server Jeparov "Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga binoan klub sport direktori etib tayinlandi.
2016 yil jamoamiz safida harakat qilib, "Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishida munosib hissa qo'shgan Jeparov shu yilning 24 fevral sanasidan "Lokomotiv" futbol maktabida ish boshlagandi. Endilikda esa u klub sport direktori vazifasini bajaradi.
SHu o'rinda Server Reshatovichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz", — deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.
Fikrlar