Server Jeparov boshqa "Istiqlol"ga ijaraga beriladi
31 jan 2017 09:20
Yangiliklar
Server Jeparov boshqa "Istiqlol"ga ijaraga beriladi
Biroq keyinroq "Istiqlol"ga 2017 yilning ilk oyida yangi
futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlangani haqida xabarlar chiqdi. Malum bo'lishicha,
Jeparovning yangi klubi 2016 yilda ushbu jamoada to'p tepgan nemis yarim
himoyachisi Odil CHixining maoshini bermagan va FIFA bu borada "Istiqlol"ga
nisbatan jazo qo'llagan.
SHu bois Tehron klubi o'zbekistonlik futbolchini Xuzistonning "Istiqlol" klubiga yarim yil muddatga ijaraga bermoqchi. Bu haqda Eron nashrlari xabar bermoqda. Ushbu klub o'tgan mavsum sensacion tarzda Eron chempioni bo'lgandi.
"Istiqlol Xuziston" 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. Jamoa "B" guruhida "Al Jazira" (BAA) va "Lahviya" (Qatar) bilan o'ynaydi. Ushbu guruhning oxirgi ishtirokchisi pley-off bahslaridan so'ng aniqlanadi. Agar Qarshining "Nasaf" klubi "Al Hidd" va "Al Fateh"ni (Saudiya Arabistoni) mag'lub etsa aynan shu guruhdan joy oladi.
Xuzistonning "Istiqlol" klubi 2008 yil tashkil topgan. O'z uy o'yinlari Xuzistondagi 38900 tomoshabinga mo'ljallangan "G'adir" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoani Sirush Purmousavi boshqarib bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar