So’nggi yangiliklar

12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  0 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  17 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  12 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3

Sergey Yuran: "SHveycariya bilan o'yinda Neymar Braziliyaning eng yomon futbolchisi bo'ldi" Yangiliklar

Sergey Yuran: "SHveycariya bilan o'yinda Neymar Braziliyaning eng yomon futbolchisi bo'ldi"

"Spartak" va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Sergey Yuran JCH-2018 favoritlarining 1-turdagi o'yiniga baho berdi.

Xabaringiz bor, jahon chempionati guruh o'yinlarining ilk turida Argentina Islandiya, Braziliya esa SHveycariya bilan 1:1 o'ynadi. Kecha esa kutilmaganda Germaniya Meksikaga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

- Siz uchun Germaniya, Argentina va Braziliya ishtirokidagi o'yinlar qanchalik kutilmagan bo'ldi?
- Jahon chempionatini maza qilib ko'ryapman va men uchun bu musobaqada favorit yo'q. Kulmang, hozircha eng yaxshi favorit bu - Rossiya. CHunki biznikilar Saudiyani  5:0 hisobida mag'lub etishdi. Men kuchli jamoalarning jismoniy holatdan to'g'ri foydalanib, o'yin tartibiga qattiq amal qilishayotgani guvohi bo'lyapman. Bu jahon chempionati istalgan syurprizni taqdim etishi mumkin. Lekin men uchun aytaylik, Germaniyaning yutqazib qo'ygani sensaciya bo'lmadi. CHunki Meksika juda chiroyli o'yin namoyish etdi.

- Nima sababdan Messi, Neymar kabi yulduzlar o'zlarini ko'rsata olishmayapti?
- Ular ham mundialga tayyorgarlik ko'rgan. Hali ko'rasiz, yulduzlar o'zlarini ko'rsatadi. Bu hozircha boshlanishi va vahimaga hojat yo'q. Ko'pchilik Braziliya SHveycariya darvozasiga besh-oltita golni qalashtirib tashlaydi deb o'ylagan bo'lishi mumkin, lekin amalda bunday bo'lmadi. Hatto Franciya ham qiynalganini ko'rdik.

SHveycariya bilan o'yinda Neymar braziliyaliklarning eng yomon futbolchisi bo'ldi. U ko'p marta to'p yo'qotdi. PSJ hujumchisi o'yinni o'z qo'liga olishga harakat qildi, lekin futbol jamoaviy sport turi. Bazan etakchilar ham o'z jamoalarining o'yiniga xalaqit berishyapti. Bunga esa Messi yaqqol misol bo'la oladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика