So’nggi yangiliklar

00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  6 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  18 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  96 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  22 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  1 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  4

Sergey Semak Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi haqida Yangiliklar

Sergey Semak Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi haqida

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Sergey Semak o'z blogidagi dastlabki postini Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvidan olgan tassurotlariga bag'ishlagan ekan.



Mirjalol Qosimovning hayrlashuv uchrashuvi bo'layotgani va unda qatnashishimiz uchun klubimiz CSKA ofisiga taklifnoma keldi. Bu esa meni juda xursand qildi va o'yinga borishga qaror qildim.

SHuni aytib o'tishim joizki, men Mirjalol Qosimovni nafaqat juda kuchli futboli, balki ajoyib inson sifatida ham juda hurmat qilaman.

Mendan tashqari hayrlashuv uchrashuviga klubimizdan (CSKA) Aleksandr Tarxanov, Valleriy Gazzaev, jamoamiz boshlig'i Aleksandr Stelmax taklif etilgandi. SHuningdek, bu o'yin orqali men yana eski qadrdonlarni ko'rish, sobiq jamoadoshlarim, murabbiylarimiz bilan diydorlashish baxtiga muyassar bo'lgandim. Mirjalol Qosimov bilan "Alaniya"da birga o'ynagan ko'plab futbolchilar, uning do'stlari Toshkentga kelishgandi. Ular qatorida Andrey Karyaka, Xomich, Fyodorov va Onopko singari futbolchilar ham bor edi.
Uchrashuvdan oldin etiborimni tortgan va qiziq bo'lgan bir voqeani aytib o'tsam. Biz barchamiz maydonga chiqib kelayotganimiza suhandon hammani birma-bir elon qilib chaqirayotganda, Onopko eng oxirgi bo'lib maydonga chiqib keldi. Viktor Onopko o'sha paytda Rossiya terma jamoa menejeri sifatida ishlardi. Bu o'yin o'z-o'zidan faxriylar uchrashuvi maqomini olgandek tuyuldi. Barcha tabassum qildi albatta.



Nahorgi osh haqida

O'ylashimcha, bizning avlodning barchasi, shuningdek men ham o'zbeklarning qanday mehmondo'st ekanligi haqida juda ko'p eshitganmiz. Mirjalol Qosimovning hayrlashuv o'yini orqali esa bunga o'z ko'zim bilan guvoh ham bo'ldim. Bizlarni O'zbekistonda qanday kutib olishgani, qanchalik hurmat va ehtirom ko'rsatishganini aytishga til ojiz. Bu bizni juda xursand qildi va ularga bo'lgan hurmatimiz ikki chandon oshdi.
Biz Toshkentga kechqurun uchib kelgandik. Mirjalol Qosimovni o'zi bizlarni kutib olgani aeroportga chiqqandi. Keyin bizni mehmonxonaga olib borishdi. Ovqatlandik, dam oldik. Ertasi kuni tongda esa oshga bordik. Men o'ylagandimki, taxminan yigirmaga yaqin odam to'planib, oshni tayyorlab, tanovul qilamiz, keyin kim qaerga ketsa ketaveradi. Yo'q, men qattiq adashgan ekanman.
Men Toshkentga o'g'lim Ilya bilan kelgandim. Biz o'g'lim bilan yoz bo'lgani sabab shortik va futbolkada pastga tushgandik. Keyin oldimizga tashkilotchi keldida, kostyum-shimlarni kiyib tushishimizni so'radi. Oshga esa bosh vazir kelishini aytib o'tdi. Men o'ylagandimki, o'zimiz uchun kichikkina bir dasturxon yozilsa kerak. Yana adashgan ekanman. Keyin barcha do'stlar yig'ilib pastga tushdik. Keyin bizni mashinada restoranga olib ketishdi. Restoranga borib ichkariga kirishimizni bilaman, katta zalda 500 kishilik dasturxon yozilgan ekan. Har bir stolda yigirmaga yaqin odamga joy qilingan. Odatda ularda bu nahorgi osh ertalab tong soat 5-6da boshlanarkan. Bizlar Rossiyadan kelganimiz uchun sal kechroq boshlashgan ekan. Men shu payt Mirjalol Qosimovga achindim. CHunki Jalol Rossiyadan kelgan har bir mehmonni o'zi kutib olib, hammasini oldiga borib birga osh eb chiqishi, birga o'tirishi kerak edi va Qosimov shuni qilayotgandi. Qosimov bir necha soat davomida umuman tingani yo'q. Biz esa stol atrofida 40 daqiqacha o'tirdik va keyin ketdik. Bu orada esa ketayotgan mehmonlarni o'rnini boshqalar kelib to'ldirayotishgandi. Mirjalol Qosimovning do'stlari, birga o'ynagan futbolchilar, qarindoshlari, qadrdonlari, umuman barcha kelgandi. Buni so'z bilan tariflashning iloji yo'q. Bu shunchaki ajoyib! Buni unutib bo'lmaydi.



O'zbekiston terma jamoasi - "Evropa va Osiyo yulduzlari" o'rtasidagi Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi haqida

Keyin esa matbuot anjumani o'tkazildi. Gazzaev tadbirning bu qismida juda katta etiborda bo'ldi. Sababi, Valleriy Gazzaev kabi mutaxassislar har doim ham kelavermaydi. Gazzaev Qosimov to'g'risida va uning faoliyati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Valeriy Gazzaev manzili tomoni ham o'zbeklar juda ko'p maqtovlarni aytishdi. Gazzaev ular bilan salomlashib, so'rashishga va takliflarni qabul qilishga ulgurmayotgandi.
Kun juda ko'p voqea va tadbirlarga boy bo'ldi. Keyin esa biz o'yinga ketdik. O'yindan oldin Mirjalol Qosimov va Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bilan ajoyib natijalarni qayd etgan Yuriy Sarkisyanga bir qator davlat medallari topshirildi. Yuriy Sarkisyan "Neftchi" bilan deyarli 20 yildan buyon chempionatning ikkinchi pog'onasidan pastga tushmagan ekan. Ajoyib natija! Sarkisyanni ham juda ko'pchilik yaxshi ko'rarkan. Kamida Yuriy Vazgenovich ham katta hurmatga ega ekan.

Xayrlashuv o'yini oldidan ajoyib koncert dasturi va salyutlar otildi.
O'yin esa juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Uchrashuv oldidan hech qanday kelishuv bo'lmagandi. Odatda bu kabi o'yinlarda kelishuv asosida o'ynaladi. O'yin qahramoni gol urishi haqida kelishib olinadi. Bu bahsda hech qanday kelishuv bo'lgani yo'q! Bahs ajoyib ruhda o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi bu o'yinga bir hafta taraddud ko'rgan ekan. Ularni bosh murabbiyi avvaliga futbolchilarni ertalabki nahorgi oshga ham qo'ymoqchi bo'lmagan ekan. Futbolchilar esa bu qarorni tabiiyki yaxshi qabul qilishmagandi.
Uchrashuv keskin ruhda o'tdi va hisob 3:3 ko'rinishini oldi. Mirjalol Qosimov esa bir taym O'zbekiston terma jamoasi safida, ikkinchi bo'limda esa "Evropa va Osiyo yulduzlari" terma jamoasi safida o'ynadi. Mirjalol Qosimov bu o'yinda gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuvdan keyin yana koncert dasturi, salyutlar otildi. SHoular uyushtirildi, bir qator artistlar keldi. Keyin banket bo'ldi. Yana mehmonlar kela boshladi, taxminan 400ga yaqin Qosimovning do'stlari, qarindoshlari, futbolchilar va martabali mehmonlar kelishdi. Kamida yana "kichikkina" osh ham uzatildi. Sanoqsiz so'zga chiqishlar, tabriklar. Toshkent shahar hokimi ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. SHunday ajoyib tadbirni hech kim yozib olmagani chatoq bo'ldi. Bu tadbirni bitta kitob qilib chiqarsa bo'lardi. Bu kun meni hayotimda ham unutilmas kun bo'ldi. Bu erda bir qator qiziqarli tanishuvlarga, yangi do'stlarga ega bo'ldim. Biz esa ertasi kuni bir nechta sumkalar bilan bozorga bordik. O'zbekistonning shirin mevalari bilan sumkalarimizni to'ldirdik. Uyga shirin mevalarni olib qaytdik.

O'zbekiston haqida

Bu ajoyib sayohat bo'ldi. Qachonki sizda ham imkoniyat bo'lsa, unda 10 kunga O'zbekistonga borishni maslahat beraman.  Buxoro, Hiva, Toshkent va Samarqand shaharlariga borib ajoyib tarixiy obidalarni ko'rishni unutmang. O'zbekistondagi mehmondo'stlik haqida esa gapirmadim. Bu shunchaki ajoyib! O'zbekistonda boy tarixga ega shaharlar ko'p. Toshkentda hammasi kamtargina, tozagina, juda qulay shahar va muhimi odamlari juda mehmondo'st. Men bu bilan reklama qilyapman yoki yo'q bilmadim. Lekin ekzotikani yoqtiradigan odamlar albatta O'zbekistonga borishlari kerak. Evropaning qaysidir shaharlariga borgandan ko'ra O'zbekistonga boring! Ko'rgan va bilganlarim shu.
O'zbeklar juda katta hurmatga loyiq!

Sergey Semak

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика