So’nggi yangiliklar

16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  5 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  8 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  7 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4

Sergey Ni esingizdami? U bugun 44 yoshga to'ldi, Kapadze esa unga tabrik yo'lladi Yangiliklar

Sergey Ni esingizdami? U bugun 44 yoshga to'ldi, Kapadze esa unga tabrik yo'lladi

Hayotlaridagi eng quvonchli kunlardan biri - tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchilar, murabbiylar, bir so'z bilan aytganda futbol ahlini qutlashda, xursandchiliklariga sherik bo'lishda davom etamiz.

Bugun o'tgan asrning 90- hamda 2000-yillarida o'zining hujumdagi yorqin o'yinlari bilan o'zbek futboli muxlislari qalbidan joy olgan Sergey Ni 44 yoshga to'ldi. Balki, bugungi yosh avlod Ni haqida malumotga ega emasdir, lekin o'rta va keksa avlod vakillari Sergeyning “Neftchi” tarkibidagi yulduzli onlariga xo'pam guvoh bo'lishgan.

1975 yilning 3 avgust kuni dunyoga kelgan bugungi qahramonimiz to'p tepishni barcha bolalar singari ko'cha futbolidan boshlagan. Uning birinchi jamoasi Xalqobodning “Sohibkor” (Toshkent viloyati) klubi bo'lgan. Sergey 1991 yili 16 yoshida ushbu jamoa safida maydonga tushgan. Professional futbolchi sifatidagi ilk shartnomasini 1992 yili Qo'qonning “Temiryo'lchi” (hozirgi “Qo'qon-1912”) klubi bilan imzolagan. Ikki mavsum davomida qo'qonliklar sharafini himoya qilgan Ni tezda o'sha paytning etakchi klublari etiboriga tushadi. Bu kurashda esa “Neftchi” yutib chiqadi.



SHundan so'ng, u ketma-ket 5 mavsum davomida Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi “Neftchi” safida o'ynaydi va ikki marotaba O'zbekiston chempioniga aylanadi. Orada yarim mavsum “Temiryo'lchi” tarkibida maydonga tushadi va yana jonajon klubiga qaytadi. 1999-2003 yillar oralig'ida farg'onaliklar uchun to'p tepgan Sergey Ni 2001 yili yana O'zbekiston chempioni bo'ldi. SHuningdek, u bir necha karra mamlakat vice-chempionligiga ham erishgan. Faoliyatining so'nggi yillarida Muborakning “Mashal”, Samarqandning “Dinamo”, Toshkentning “Lokomotiv” klublari sharafini himoya qilgan va 2008 yil yakunida butsalarin mixga iladi.



“Neftchi”ga sadoqati bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan Sergey Ni O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida bitta uchrashuvda ishtirok etgan. 2001 yilning 17 yanvar kuni Isroil terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining 66-daqiqasida o'yinga qo'shilgan Ni maydonda 25 daqiqa harakat qilgandi.



Temur Kapadzening tilaklari


- Sergey Ni o'zining yorqin o'yinlarini o'tkazgan paytlarda biz yosh bola bo'lib “Neftchi” safiga kelib qo'shilgandik. Uning harakatlaridan ko'pchilik muxlislar singari zavq olganmiz. O'rgangan jihatlarimiz ko'p bo'lgan. U tom manoda Farg'ona futbolining sadoqatli o'g'lonlaridan. Fursatdan foydalanib, Sergey akani bugungi tug'ilgan kuni bilan chin qalbdan tabriklayman. Oilasiga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Biz ham o'z o'rnida Temur Kapadzening tilaklariga qo'shilgan holda Sergey Ni kabi jamoasiga sadoqatli futbolchilar ko'p bo'lishini istaymiz.



Surishtirishlarimiz natijasida shu narsa ayon bo'ldi-ki, Sergey Ni hozirda Janubiy Koreyada istiqomat qilyapti.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика