So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  0 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  8 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  1 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  7 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  4

Sergey Lushchan Turonga qarshi o'yindan keyin: Infarkt bo'lishimga sal qoldi Yangiliklar

Sergey Lushchan Turonga qarshi o'yindan keyin: Infarkt bo'lishimga sal qoldi

Pro liga 6-turining markaziy uchrashuvida Dinamo jamoasi turnir peshqadamlaridan biri Turon jamoasi ustidan ustidan muhim g'alabaga erishdi.

O'yindan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan bahs borasidagi taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalgi o'yinlarimizdek bu bahs ham ancha qiyin o'tdi. Biz vaziyatimizdan foydalanib gol urdik, raqib esa yo'q. O'ylagan va rejalashtirgan ishlarimizni qisman bajardik. Himoyada ham raqibga aytarli imkoniyat bermadik. Bu o'yinda biz asosan standartlarga katta etibor qaratgandik, bu borada qator imkoniyatga ham ega bo'ldik. Standart vaziyatlar bizning ustunliklarimizdan biri, bundan foydalanishimiz shart edi. Ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlar o'yinimizga tasir qildi. Ochig'ini aytsam, oxirgi vaziyatlardan birigacha «infarkt» bo'lishimga sal qoldi. Yigitlarga jiddiy etirozim yo'q.

Umuman olganda esa o'yindan ham, natijadan ham qoniqdim. CHunki bugun o'yinni himoyadan qurishga intildik. Sababi «Turon» hujumkor jamoa edi, ayniqsa qarshi hujumlarda tezkor edi. Ammo futbolchilarimiz ularga qanotlarda ham, markazda ham deyarli imkoniyat berishmadi. Ha, xatolarimiz bor, buni muhokama qilamiz. Hozircha biz uchun asosiysi natija. Jamoamdan chiroyli o'yin talab qilishimga hali vaqtli.

Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurulloev, Oybek Nurmatov, Azamat Allaniyozovning zaxiradan tushirilishi? Ha, bu ham ikkinchi bo'limdagi rejalarimizdan biri edi. CHunki jamoaning aksariyat chiziqlari 70 daqiqadan keyin bahs boshidagidek o'yin namoyish eta olmasligi malum edi. Biz tarkibda o'zgarishlar qilishda davom etamiz. O'zgarishlar samara berdi va yakunda g'alaba qozondik.

«SHo'rtan» bilan o'yinimiz? Birorta o'yinimiz yo'qki, bizga oson bo'lgan bo'lsa. Har bir bahsda katta kuch va ulkan mehnat evaziga g'alaba qozonayapmiz. Ishlashda va maqsad sari olg'a borishda davom etamiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика