Sergey Lushchan: "Rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman"

Narzulla Saydullayev
7 apr 2019, 22:33
“So'g'diyona” – “Surxon” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Birinchi galda raqibni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, jizzaxlik futbol ishqibozlaridan bunday o'yin uchun uzr so'rayman. Mag'lubiyatdagi bor aybni o'z zimmamga olaman. Yigitlarda ayb yo'q. Men to'g'ri taktika va tarkib tanlay olmadim. Yana bir bor hammadan uzr so'rayman va rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorman, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz