So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Sergey Lushchan: "Faqatgina 5 oktyabr sanasini kutib yashayapman" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Faqatgina 5 oktyabr sanasini kutib yashayapman"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Ikki jamoa uchun ham og'ir o'yin bo'ldi. Bir gol o'yin taqdirini hal qilishini oldindan bilgandik. Jamoalar kuchi teng edi, ammo darvozamizga yo'llangan yagona zarba golga aylandi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. "Nasaf" bekorga birinchi o'rinda emasligini isbotlab kelmoqda. Bizda ham 1-2ta vaziyatlar bo'ldi, lekin biz vaziyatlarni ko'kka sovurdik.

- "Navbahor" jamoasiga FIFA kunlarida nazorat uchrashuvi tashkil qilinganida jamoaga foydaliroq bo'larmidi?

- Yo'q. Bu bizga kerak emas edi. Men bosh murabbiy sifatida jamoamga nima ko'proq foyda berishini bilaman.

- Ro'ziqul Berdiev bugun "Navbahor" o'yinda ustunlik qildi deb aytib o'tdi. Jamoangiz bugun haqiqatdan ham raqibdan ustunroq edimi? Ro'ziqul Berdiev fikrlariga qo'shilasizmi?

- Biz g'alaba qozonganimizda men ham xuddi shunday degan bo'lardim. Biz raqib yo'l qo'yib berganicha o'ynadik. Biz birinchi bo'limda ikkita va ikkinchi bo'limda yarimta xavfli vaziyatga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib esa, darvozamiz tomon bor-yo'g'i bitta aniq zarba berdi va gol. Bugun omad raqiblarga kulib boqdi, lekin omad faqat kuchlilarga kulib boqadi. O'yin natijasi bitta golgacha kechishi aniq edi. Yosh futbolchimiz birinchi marotaba bunday o'yinda ishtirok etdi, ammo xatoga yo'l qo'ydi. Yosh futbolchilar bunday vaziyatlarda xatolar qilishadi. Hechqisi yo'q, bu futbolchimizga saboq bo'ladi. U juda iqtidorli va men u namoyish etgan o'yindan to'liq qoniqdim.

- Jamshid Iskanderovda ikkinchi bo'limdan yarmidan so'ng biroz charchoq alomatlari sezilgandek tuyuldi menga? Ushbu holatga fikr bildirib o'tsangiz.

- Iskanderov terma jamoa bilan edi. Terma jamoada esa faqat taktik tomonlama tayyorgarlik ko'radi. Qolgan jihatlar ustida deyarli ishlanmaydi. Jamshid terma jamoa safida maydonga piyoda yurib keldi xolos. Futbolchi terma jamoa safida zaxira qolishi bu normal holat. To'g'risini aytsam, bugun Hamrobekovni zaxirada qoldirish niyatim ham bor edi. Ochig'i, men faqatgina 5 oktyabr sanasini kutib yashayapman. Qolgani meni umuman o'ylantirmaydi. SHunday o'yinlar orqali finalga tayyorgarlik ko'rib kelamiz. Mavsumdagi asosiy maqsadimizni bajarish uchun finalda g'alaba qozonishimiz kerak. Ko'p savollarga shu erda javob berdim, deb o'ylayman.

- Bugun jamoangiz g'alaba qozonishi yoki durang qayd etishiga nima xalal berdi?

- Raqib jamoasi. Biz himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Sayfiev qizil kartochka sababli o'yinni o'tkazib yuborayotgani uchun yosh futbolchini birinchi marotaba qaydnomaga kiritdik. Boshqa ilojimiz yo'q edi. Yosh futbolchi o'yinidan to'liq qoniqdim. U o'zi uchun asosiy bo'lmagan poziciyada harakatlandi. SHunga qaramay, "Nasaf"ning eng asosiy futbolchisini to'liq zararsizlantira oldi. 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика