So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Sergey Lushchan: “CHempionlar ligasida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “CHempionlar ligasida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz”

“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushchan bilan suhbatlashdik.

Dohadagi g'alaba ahamiyati
G'alaba qozonish doimo yoqimli. Ayniqsa, kuchli jamoaga qarshi mehmondagi yutuq ikki karra xursandchilik ulashadi. “Al-Jaish”ning 2016 yilgi mavsumda Osiyo CHempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borganini unutmaslik kerak. Yoshlarimizdan mamnunman. Hozircha oldimizga qo'yilgan minimum vazifa – guruh bosqichiga chiqishni uddaladik. Guruh bosqichida qizg'in kurash va og'ir bahslar kutib turibdi. Musobaqada munosib ishtirok etishga va muxlislarimizni g'alabalar bilan quvontirishga harakat qilamiz. Qitamizning kuchli klublari bilan bo'ladigan o'yinlarda orttiriladigan tajriba yoshlarimizning keyingi faoliyatlari yanada yorqinroq bo'lishiga yordam beradi. Bu esa nafaqat futbolchilarimizning o'ziga, balki O'zbekiston terma jamoalari uchun ham foydali bo'ladi.

Raqib haqida

“Al-Jaish”ning bir nechta uchrashuvini o'rganib chiqqandik. Qatarliklar bizga qarshi o'zlarining oxirgi vaqtlardagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etishdi. Masalan, biz bilan bahs davomida tajribali Seydu Keyta juda faol bo'ldi. Sabri Lyamushi boshchiligidagi murabbiylar biz bilan uchrashuvda o'yin uslublarini, ayrim futbolchilarning poziciyasini o'zgartirishdi. Milliy chempionatdagi ishlari u qadar yaxshi emasligi uchun asosiy etiborni CHempionlar ligasiga qaratishgan edi. “Al-Jaish” bir nechta golli vaziyatlar yaratdi. Yaxshiyamki, baxtimizga ulardan foydalana olmadi.

Bizning tarkib haqida

“Bunyodkor”ning asosini futbol sir-asrorlarini o'z maktabimizda o'rganayotganlar tashkil etayotganidan mamnunmiz. “Al-Jaish”ga qarshi bahsda o'ynagan futbolchilarning aksariyati o'zimizning tarbiyalanuvchilar edi. 1997 yilda tavallud topgan Nurillo To'xtasinov va Javohir Esonqulov ilk bor “Bunyodkor” safida rasmiy uchrashuvda maydonga tushishdi. Ular xuddi boshqa jamoadoshlari singari ishonchimizni oqlashdi. Asosiy tarkibimizga kirish uchun yoshlar orasida sog'lom raqobat yuzaga kelganidan xursandman. “Zayavka”mizdan kimlarni tushirib qoldirish haqida o'ylaydigan vaziyatga tushib qoldik va bu jihat murabbiylar shtabi uchun yaxshi manoda “bosh og'rig'i” bo'lmoqda. Qatar klubi vakillari tarkibimizdagi yoshlarni ko'rib hayron qolishdi.... O'sha yoshlar zafar quchgani esa bizni xursand qildi.

O'yin haqida

Umuman olganda, rejamiz ish berdi. O'yin boshlaridanoq ishonchli o'yin namoyish etib, raqibga hujum qilish uchun imkon bermadik. Mudofaa qo'rg'onimizga yuklatilgan vazifani himoyachilarimiz boshqa chiziqlardagi sheriklari qo'llab-quvvatlagani holda alo darajada bajarishdi. Balki shuning uchun ham hujumlarga o'tishda biroz ishimiz yurishmadi. “Al-Jaish”ning tajribali futbolchilari bosimiga chidam bilan dosh berib, vaqti-vaqti bilan oldinga o'tishga harakat qildik. Kerak paytda, to'pni o'z nazoratimizda ushlab turib, jamoaviy tarzda hujum uyushtirdik va mezbonlarni ko'pchilik bo'lib himoyalanishga majbur qila oldik.

Penaltilar seriyasi haqida

Penaltilar seriyasi – bu juda katta masuliyat va ruhiy bosim. Hamma ham dosh bera olmaydi. Futbolchilarimiz mashg'ulotlardan keyin 11 metrlik nuqtadan zarba berish borasida muntazam ravishda alohida mashq qilishadi. Tarkibimizdagi bir nechta futbolchi O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalaridagi ishtiroki orqali penaltilar seriyasida qatnashib, tajriba orttirgan. SHularni inobatga olgan holda dastlabki zarbalarni berishni Hamdamov, Ashurmatov, SHomurodov kabi futbolchilarga topshirdik. Darvozabon Murodjon Zuhurov ishonchimizni oqladi. Tajribali posbonimiz o'ta muhim paytda jamoa joniga oro kirdi.

Sardor Rashidov haqida

Rashidov, shak-shubhasiz, kuchli futbolchi, “Bunyodkor”ning iqtidorli tarbiyalanuvchisi. Hozirda u “Al-Jaish”ning haqiqiy etakchisi. Sardor Rashidov “Al-Jaish”ning muhim gollarini urish bilan birga jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqarishni ham qoyilmaqom qilib uddalaydi. Biroq, bizga qarshi uchrashuvda u o'zi xohlagandek o'yin ko'rsata olmadi. U bizga qarshi katta ishtiyoq bilan o'ynamoqchi ekanligini yashirmadi, lekin Rashidovni biznikilar yopib qo'yishni uddalashdi. Tarkibimizdagi yoshlar nafaqat Sardor, balki raqibning boshqa futbolchilaridan cho'chishmadi, ularning erkin harakat qilishiga imkon berishmadi.

CHempionlar ligasi guruh bosqichi oldidan o'zgarishlar xususida

Hozirgi vaqtda tarkibimizda ikkita xorijlik futbolchi bor. Dushan Michich markaziy himoyada ham, tayanch yarim himoyasida ham bemalol o'ynay oladi. Vadim CHemirtan tibbiy ko'rikdan o'tish davrida muammolarga duch keldi. SHuning uchun ham u hali optimal formaga kirganicha yo'q. Jamoamiz hujumkor o'yin ko'rsatadigan bahslarda, pozicion hujumlar va standart vaziyatlarda CHemirtan foyda keltirishi mumkin. Lekin himoyadan o'ynaydigan uchrashuvlarga u hali tayyor emas. O'ylaymanki, Vadim tez orada jamoamizga moslashib, bizga yordam bera oladi. Guruh bosqichi uchrashuvlari boshlanishiga juda oz vaqt qoldi. Bunday pallada kimnidir tarkibga qo'shib olish yoki ro'yxatdan o'tkazishga ulgurmasligimiz mumkin. Balki, yozgi transfer paytida safimizda xorijlik futbolchilar paydo bo'lishar. SHunda ham legionerlar biznikilardan bir bosh baland bo'lsa. Futbol maktabimiz samarali faoliyat yuritmoqda. Demak, asosiy etiborni birinchi navbatda o'zimizning tarbiyalanuvchilarga qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu nafaqat klubimiz, balki butun o'zbek futboliga foyda keltiradi.


Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика