So’nggi yangiliklar

03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  53 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  0 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  38 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  2 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  2 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  70 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5 21:26"Сурхон" ўз сафига икки россиялик футболчини қўшиб олди  8 21:10ОФК ЭЧЛ. "Ал Айн" ўз уйида Қатар жамоасига мағлуб бўлди  7 20:53Назорат учрашуви. "Навбаҳор" - "Родина" 0:5  33 20:41"Милан" 32 млн. еврога форвард сотиб олди  5 19:59"Лейпциг" АПЛдан ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0

Sergey Lushchan: “Alempievich gol urganidan xursandman” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Alempievich gol urganidan xursandman”

“Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi qatnashdi.


- Uchrashuv arafasida tarkibimizda muammolar bor edi. Biroq bu kamchilikni bartaraf eta oldik. Biz mana endi-endi yozgi sharoitlarga ko'nikib boryapmiz. Birinchi bo'limda kutilgan pressingi qo'llay olmadik. Tanaffusdan keyin esa hammasi biz istagandek bo'ldi. Alempievich gol urganidan xursandman. Sashaga darvoza tomon ko'proq zarba berishi haqida juda ko'p aytgandik. Unda ajoyib va kuchli o'arba bor. Nasimov maydonga jarohatidan to'liq tuzalmagan holda chiqdi. SHunga qaramasdan u gol urdi. Hozirda futbolchilarning keyingi o'yinga tiklanishi ko'proq tashvishga solmoqda. Navbatdagi bahsni Bekobodda “Metallurg”ga qarshi o'tkazamiz. Anvar G'ofurovning o'yinidan mamnunman. Yil boshida markaziy himoyachilar ichida asosiy etibor Ashurmatovga qaratilishini unga tushuntirgandik. SHunga qaramasdan, Anvar “Bunyodkor”ga sodiqligini amalda ko'rsatib, jamoaga yordam berishga tayyor ekanligini aytgandi. Bunday tajribali futbolchiga ishonishda davom etishimiz va uning mahoratidan foydalanib qolishimiz kerak. Hamma qatori yoshlarga ham imkon beryapmiz. Masalan kecha yoshlar tarkibida ikkita gol urgan Mirjahon Mirahmadovni asosiy tarkibga ealb eta boshladik va bugun birinchi marotaba qaydnomadan o'rin oldi. Bugungi bahs davomida Mirahmadovni maydonga tushirishimiz ham mumkin edi, - deydi Sergey Ivanovich.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика