So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  41 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Sergey Lushchan: "Ahmadaliev Sardor Rashidovni "eb qo'ydi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Ahmadaliev Sardor Rashidovni "eb qo'ydi"

"Bunyodkor" klubi rahbariyati muxlislar o'rtasidagi uchrashuvda bir qator savol-javoblar bo'lib o'tgandi.
- Akmal SHorahmedov jamoani tark etdi. O'ng qanot kuchsizlanib qolmadimi? Akmal ancha yillar davomida jamoa yuragi bo'lib qolgandi.
Sergey Lushchan:
- Birinchidan o'ng qanot kuchsizlanmadi, u erda Dilshod Ahmadaliev o'ynamoqda. U “Al Jayish” bilan o'yinda Sardor Rashidovni “eb qo'ydi”. Rashidov ayni paytda Osiyoning eng kuchli qanot hujumchilaridan biri. Ikkinchidan Ahmadaliev ko'pchilik aytganidek “meni o'g'lim”. Akmal SHorahmedov ajoyib futbolchi, etakchi, lekin yoshlarni maydonga tushirishni istaganim uchun u bilan xayrlashdik.

Baxtiyor Boboev: - SHu gapga qo'shimcha qilib shuni aytmoqchiman. Akmal SHorahmedov ajoyib inson va “Bunyodkor”ning g'alabalariga katta xissa qo'shgan. Unga klub nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Yoshlarni tarbiyalab ularni asosiy tarkibda o'ynatish klub siyosatimi yoki Sergey Lushannimi?
Baxtiyor Boboev:
- Bu siyosat “Bunyodkor” klubining siyosati. 2014 yildan buyon aynan shu yo'ldan og'ishmay borayapmiz. Sergey Lushchan yoki men klubdan ketsam bu siyosat to'xtab qolmaydi. Davlatimiz futbolni rivojlantirish bo'yicha shuncha sharoitlar yaratib bermoqda. Biz akademiyamiz tarbiyalanuvchilarini qo'llab-quvvatlashimiz kerak.

- Sergey Lushchanning “Bunyodkor” muxlislar klubiga munosabati qanday?
Sergey Lushchan:
- Mutlaqo professional. Agar jamoa mag'lub bo'lib turganida qo'llab-quvvatlasangiz bundan juda xursand bo'laman. Men shunday muxlislar klubini ko'rganman hozircha afsuski “Bunyodkor” muxlislari haqida bunday deya olmayman.  

- “Bunyodkor” shu tarkibi bilan guruhdan chiqishiga ko'zingiz etadimi?
Baxtiyor Boboev:
- Ko'pchilikni “Al Jayish”ni mag'lub etishimizga ko'zi etmagandi. SHunday ekan agar SHomurodov, Hamdamov va SHukurov boshqa klubga ketib qolishmasa guruhdan chiqishga ishonaman. Agar ular ketib qolishsa ularning o'rnida boshqa yoshlar o'ynashadi. Masalan, Rashidov jamoani tark etganidan so'ng Eldor SHomurodov asosiy tarkibga kira boshladi va shunday natijalarga erishdi.

- “Bunyodkor” futzal klubiga ham ozgina etibor qaratishingizni so'rardim.
Baxtiyor Boboev:
- Savolingiz o'rinli. Futbolda o'zini ko'rsata olmagan yoshlarni futzalga o'tkazdik. Bu yil bir qator yoshlarimizni “Ardus”ga ijaraga berdik. Keyingi yil futzal klubimizga aniq vazifa qo'yiladi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика