So’nggi yangiliklar

14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  3 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6

Sergey Lushan: "Muxlislar 12-o'yinchi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Muxlislar 12-o'yinchi"

Teglar :  Sergey Lushan
OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumaning ikkinchi qismida "Bunyodkor" murabbiyi Sergey Lushan va Dostonbek Hamdamov qatnashdi.

"Ertangi o'yinda g'alaba qozonib guruh bosqichiga chiqishni istaymiz. Albatta buning uchun jamoamiz tayyor. Jamoa 100 foizga tayyor. Asosiy vazifa o'yindan oldin ruhan maromida bo'lish. Muhim o'yindan oldin bu juda kerakli jihat", - deydi Sergey Lushan.

"Murabbiyning fikriga qo'shilaman. Barchamiz ertangi o'yinga tayyoramiz. "Al SHabab"ga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynaymiz", - deydi Dostonbek Hamdamov.


- Aziz Haydarov sizlarga malumot berdimi?

- (kuladi) Yo'q. Balki futbolchilardan biriga aytgandir. Agar hazilsiz aytadigan bo'lsak. Professional futbolchi sifatida u ayni paytda "Al SHabab" futbolchisi. Bu borada hech qanday gap so'z bo'lishi mumkin emas.


- Qatardagi Osiyo chempionatidan so'ng yosh futbolchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi qanday?

- Bu borada muammo yo'q. Barcha futbolchilarga xordiq olish imkoniyatini berdik. Ular ham jismonan, ham manan tayyorlar.


- OCHLda to'rtta legioner uchun ruxsat bor. Silarda 3 nafar legioner bor...

- SHu kunlarda yangi legionerni kutayapmiz. Hozircha bu borada hech nima deya olmayman.


- Aziz Haydarovga qarshi o'ynaysizlar. Bunga tayyormisizlar?

Dostonbek Hamdamov: - Aziz aka bilan terma jamoada birga o'ynaganmiz. Ular bizga yaxshi tilaklar bildirdilar. Maydonga tushib o'zinlarni ko'rsatinglar deb maslahat berdilar.


- Mavsum boshlanmagani jamoaga qanday tasir qiladi?

- Biz ikki oyda 10ta o'yin o'tkazdik, "Al SHabab" esa 8ta o'yin o'tkazdi. Biz o'yinga 110 foizga tayyorlandik.


- Muxlislar qanday yordam beradi?

- Muxlislar 12-o'yinchimiz. Ular kelib bizga yordam berishlariga tilakdoshman. Ertaga sovuq havo bo'lishi kutilmoqda. SHunga qaramay kelishsin va "Bunyodkor"ni qo'llab quvvatlashsin.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика