So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Sergey Lushan: “Mo'jiza ro'y berishi mumkin edi” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Mo'jiza ro'y berishi mumkin edi”

Superliga 11-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Bunyodkor” klubini qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Toxir SHamsitdinovlar matbuot anjumanida  ishtirok etdi.

- Raqiblar bugun haqli g'alaba qozondi bu bilan ularni tabriklayman. Durang o'ynashimiz ham mumkin edi ammo hozircha bundan ortig'iga biroz kuchimiz etmaydi. Biz o'zimizning darajamizdagi jamoalardan ochko olishga qodirmiz. Mo'jiza ro'y berishi mumkin edi. Yaqinda transfer oynasi ochiladi. Imkon qadar kuchli futbolchilarni jamoaga jalb qilishga harakat qilamiz. Faqat bu futbolchining saviyasiga bog'liq. Keladigan  futbolchi ham shu saviyada bo'lsa, uni jamoaga taklif qilishdan foyda yo'q. Bizga sifat kerak. Hozir mavsum o'rtasi va ko'p futbolchilar jamoalari bilan amaldagi shartnomalari mavjud.  Biz izlanayapmiz. Muzokoralar olib borayapmiz. Saviyasiga qarab jamoada legionerlar ham bo'lishi mumkinligini inkor etmayman - deydi jamoa bosh murabbiyi.

- Bugungi mag'lubiyatdan xulosa chiqargan holda “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz. Og'ir o'yin bo'ldi. Superligada hozir oson o'yinning o'zi yo'q. Mag'lubiyatning alamli bo'lgani sababi biz o'zimiz qilgan  xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikki xatomizdan ham raqiblar foydalanib qoldi. Xatolarmiz ustida ishlaymiz va “Paxtakor” ga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz - deydi Toxir SHamsitdinov.

 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика