Sergey Lushan: ""Mashal" bugun antifutbol ko'rsatdi"
31 mar 2016 20:23
Yangiliklar
Sergey Lushan: ""Mashal" bugun antifutbol ko'rsatdi"
"Mashal"ga qarshi uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Raqib jamoa himoyadan o'ynashini bilgan edik. Imkoni boricha gol urishga harakat qildik, ammo vazifamizni uddalay olmadik. "Mashal" bugun antifutbol ko'rsatdi. Ular nega maydonga tushganini tushunish qiyin. Ularni bir ochko bilan tabriklayman.
O'yinimiz chiqmaganining asosiy sababi, raqib bunga imkon bermadi. Biz "Barselona" emas "Bunyodkor"miz. Qanotdan, markazdan kirishga harakat qildik, ammo gol ura olmadik. Raqib durang uchun o'ynasa juda qiynalyapmiz.
Bazi joylarda omad, bazilarida aniqlik etishmadi. Kelasi uchrashuvlarda buni to'g'irlashga harakat qilamiz", - deydi "Bunyodkor" ustozi Sergey Lushan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar