Sergey Lushan: “Durang bu mag'lubiyat emas”

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2018, 22:03
Superliganing 18-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi va ushbu bahsda hisob ochilmadi.

O'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan ishtirok etdi.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Bugun O'zbekistonning kuchli jamoalari biri bilan o'yin olib bordik. Himoyadagi harakatlarimiz yaxshi chiqdi. Hech biriga etirozim yo'q. Futbolni qo'rquv bilan o'ynab bo'lmaydi.  Futbolchilar o'ziga ishonishi shart. O'yinan oldin asabiylashish bo'ladi ammo uni bahs davomida ko'rsatmaslik lozim. O'yinchilar bilan ruxiy tomonlama ham ish olib borayapmiz. 

Durang bu mag'lubiyat emas. Himoyada yaxshi o'ynay oldik ammo xujumda ozroq oqsoqlandik. Muxlislar stadionda chiroyli o'yin va gollarni ko'rish uchun kelishadi. Nima bo'lganda ham futbolchilar aytilgan vazifani uddalay olishdi. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman", -deydi Sergey Lushan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати