Sergey Lushan: "Bugungi bayram bilan tabriklayman"
09 may 2016 19:06
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Bugungi bayram bilan tabriklayman"
"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Avvalo bugungi bayram bilan barchangizni tabriklayman. Birinchi bulimda o'yinimiz chiqmadi. Golli vaziyatlarni yarata olmadik. Ikkinchi bo'lim esa aksincha bo'ldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritish imkonini bergan ikkita golni urdik. O'yindan qoniqdim, lekin klass borasida oqsash yo'q emas. Bunga esa vaqt kerak, ishlaymiz", - deydi Sergey Lushan.
Fikrlar