So’nggi yangiliklar

16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0

Sergey Lushan: "Barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman"

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvidan keyin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Birinchidan barcha muxlislarni tabriklamoqchiman. O'zbek futboli muxlislarini, shunday sovuq havoga qaramay stadionga kelgan barchaga rahmat aytaman. Bu stadionga ko'proq kelishingizni istaymiz. O'yinga kelsak uchinchi bor barcha rejalarimiz 100 foizga amalga oshirildi", - deydi Lushan.

"Og'ir o'yin bo'ldi. Muxlislarga rahmat aytaman. Ular bizga juda katta yordam berishdi", - deydi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov.


- Nurmatov va Nasimov bugungi kunda OCHL saviyasiga mosmi?

- Bizda ikkita reja bor edi. Nurmatov va Nasimovni ilk daqiqalardan maydonga tushrish yoki zaxiradan tushirib o'yinni kuchaytirish. Ikkala futbolchi jamoamizning asosiy futbolchilari hisoblanishadi.


- Eldor SHomurodov kimga o'xshashga harakat qiladi?

- Hech qaysi futbolchiga taqlid qilmayman. SHunchaki futbol o'ynayman.


- Bugun jamoaning o'rtacha tarkibi 23 yoshni tashkil qildi. Hal qiluvchi o'yinda shunday yo'l tanlashdan qo'rqmadingizmi?

- Bir yarim yildan buyon shu jamoa bilan ishlab kelayapman. Bu yurtimizning eng kuchli yoshlari. Tarkibimizda Osiyoning o'tgan yilgi eng yaxshi uch nafar futbolchisi o'ynadi. Ikki yildan so'ng bu yigitlar bilan nima bo'lishini tasavvur qilib ko'ring.


- Jamoa OCHLda qaysi bosqichga qadar etib boradi?

- Maqsadimiz bitta OCHLda g'olib bo'lish. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.


- Himoyachilar borasida qanday fikrdasiz?

- Himoya chizig'imiz eng yosh chiziqlarimizdan biri. Albatta havotir bor edi. Ammo yoshlar ishonchimni to'liq oqlashdi.


- O'tgan yil ham jamoa xuddi shu bosqichda yutib guruhga chiqqandi. Ammo guruh bosqichida bironta o'yinda g'olib bo'la olmadi. O'sha xatolardan to'g'ri xulosa qilindimi?

- Albatta. Bu borada ish olib boramiz. O'tgan yil guruh bosqichida omadimiz kelmagandi, deyarli barcha o'yinlarda penaltidan gol o'tkazdik. Mavsum davomida yigitlarim yanada kuchayishadi deb o'ylayman.


- Yana bitta legioner olish imkoniyati mavjud. Jamoa guruh bosqichida o'ynaydi. Legioner olasizlarmi?

- Kecha ham shu savolga javob bergandim. Ko'z ostimizga olib qo'ygan legioner bor. Faqat uni jamoaga kelganidan so'ng elon qilamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика