So’nggi yangiliklar

10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  0 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  8 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  2 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0

Sergey Lushan: "Al Nasr" bilan o'yinga har tomonlama tayyormiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Al Nasr" bilan o'yinga har tomonlama tayyormiz"

Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" murabbiyi Sergey Lushan va yarim himoyachi SHaker Zuagi ishtirok etdi.

Sergey Lushan: - Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Rostini aytsam, chiroyli va sifatli futbol kutyapman. Raqib qanday o'yin ko'rsatishini oldindan bilmayman. Biroq "Bunyodkor" chiroyli o'yin namoyish etishga harakat qiladi. "Bunyodkor" uchun mavsumni endi boshlanayotganini umuman ahamiyati yo'q. Biz buni oldindan bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rganmiz. Saudiya Arabistoniga kelishimizdan oldin 13ta o'yin o'tkazdik. Ertangi bahsga har tomonlama o'yinga tayyormiz.



- Sardor Rashidov jamoadan ketgan. Uning o'rni qanchalik bilinyapti?
- Sardor Rashidov "Bunyodkor"da ochildi va o'zining yaxshi sifatlarini namoyish etdi. Natijada xorij klublari nazariga tushdi. Uni klubimizda olib birgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. "Bunyodkor"ning o'z tanlagan yo'li va maqsadi bor. Klub o'z tarbiyalanuvchilariga tayanadi. Buning mevasini 2015 yil yakunlarida ko'rdik. 3ta futbolchimiz Osiyoning eng yaxshi futbolchilarinig yakuniy ruyxatiga kiritildi. Bu juda katta natija. 2018-2020 yillarga borib, deyarli hamma futbolchi o'z tarbiyalanuvchilarimiz bo'ladi.

- "Al Nasr" bu yil yaxshi natija ko'rsata olmayapti. Bu sizlarga qo'l keladimi?
- Men bizga oson bo'ladi deya olmayman. Bu jamoa juda jiddiy klub. OCHLda kuchsiz jamoa yo'q, O'tgan yili "Al Nasr" birinchi o'rinda ketayotganida bu erdan durang bilan qaytgandik. Ertaga qanday natija bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

- Terma jamoa miqiyosida O'zbekiston ancha kuchli. Biroq o'zbek jamoalari negadir Saudiya Arabistoni klublarini enga olishmayapti. Buning sababi nimada?
- Hayronman. Bungacha yutmagan bo'lsak, endi yutish vaqti keldi.

SHaker Zuagi: - Tayyorgarligimiz yaxshi bo'ldi. Maqsadimiz ortga g'alaba bilan qaytish, "Al Nasr" juda kuchli klub. Lekin biz ulardan kam emasmiz, buni ertaga isbotlamoqchimiz. O'zbekistonda sportni xususan futbolni rivojlantirish uchun katta hajmdagi ishlar qilinmoqda. "Bunyodkor" futbol maktabi haqida har qancha gapirsak kam. Biz akademiyada tarbiya topayotgan yoshlar bilan natijalarga erishmoqchimiz.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика