So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

Sergey Lushan: "Adrian raqib safidagi eng xavfli futbolchi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Adrian raqib safidagi eng xavfli futbolchi"

Teglar :  Sergey Lushan
"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
“Ertaga muhim o'yin kutib turibdi. Umid qilamanki ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib g'alabaga erishamiz”, - deydi Lushan.

“Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maydonga tushib g'alabaga erishishga harakat qilamiz”, - deydi Eldor SHomurodov.



- Raqib sizlarning o'yin uslubingizni o'rganib olganidan qo'rqmayapsizmi?
- To'g'ri raqib bizni o'rganyotgani rost. Ular bizga qarshi o'yindan oldin bir qator etakchilariga dam berishdi. Biroq bizning o'yin uslubimiz bitta – hujumkor o'yin ko'rsatib g'alaba qozonish.

- Saudiya Arabistonidagi bahsda “Bunyodkor” birinchi bo'limda evropacha futbol ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda esa buning aksi bo'ldi...
- To'g'ri birinchi bo'lim biz uchun ajoyib o'tdi. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi va g'alabaga erishayotgandik. Ammo tanaffusdan so'ng shogirdlarimda biroz charchoq alomatlari sezilib qoldi. Albatta o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida 2 to'p farqi bilan oldinda borib g'alabani qo'ldan chiqarish, juda ham afsusdaman.



- O'zbekistonlik futbolchilarda vaziyatdan unumli foydalanish juda ham past ko'rsatkich bo'lib qolmoqda.
Eldor SHomurodov:
- Har bir vaziyatdan gol urishga urinamiz. Mashg'ulotlarda ham bu borada ish olib boriladi. O'yinda esa qiyinroq, imkon qadar ko'proq gollar urishga harakat qilamiz.

- O'tgan o'yinda Nasimovni emas balki yarim himoyachini tushirsa yaxshi bo'lardimi?
- To'g'ri Bahodirni tushirishdan oldin unga yarim himoyada o'ynash kerakligini aytgandim. Raqib safidagi Adrian juda kuchli yarim himoyachi, u guruhdagi eng kuchli legioner hisoblanadi. Ammo qaytaraman, Nasimov va Nurmatov asosiy tarkib azolari. Ertaga balki ulardan biri ilk daqiqalardan maydonga tushishlari mumkin.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика