So’nggi yangiliklar

19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  1 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 1:3 (матнли трансляция)  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  40 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0

Sergey Lushan 800 milliondan ortiq pulini olish uchun "Bunyodkor" bilan sudlashayotganini malum qildi (intervyu) Yangiliklar

Sergey Lushan 800 milliondan ortiq pulini olish uchun "Bunyodkor" bilan sudlashayotganini malum qildi (intervyu)

Yaqindagina "So'g'diyona" klubi jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirilgani haqida rasman elon qilgandi.

SHundan so'ng PFL saytida "So'g'diyona" klubi ogohlantirilgani haqida xabar chop etildi.

Xabarda jizzaxliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan va "Bunyodkor" klubi o'zaro sudlashib yurgani malum qilinib, tashkilot tomonidan ogohlantirilgandi. Mazkur havola orqali bu borada batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Oradan ko'p o'tmay "So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan bizning nashrimiz, yani "Championat.asia" orqali mazkur holatga tushuntirish berish istagi bilan chiqdi. Bugun ofisga o'z tashabbusi bilan kelgan Sergey Lushan xodimlarimiz SHahboz Beg'amov va Tolibjon Qosimov bilan suhbatlashdi.



Suhbat jarayonida Sergey Lushan avvaliga mazkur holatga o'zining izohini quyidagicha bildirdi.

Sergey Lushan: - "Bunyodkor" klubi mendan 2015, 2016 va 2017 yillardagi qarzdorligini uzgani yo'q. Ular shartnomam bo'yicha umumiy hisobda menga 800 milliondan ortiq pul to'lab berishlari lozim. Klub hozirga qadar menga shartnoma shartlari, yani maosh va ko'tarma pullarimni to'liq bermagan. Men bugungacha mazkur holat bo'yicha "Bunyodkor" klubi bosh direktori Murod Alievga bir necha marotaba og'zaki ravishda va rasman ham murojaat qildim. "Bunyodkor" klubi menga yil oxiriga qadar barcha qarzdorliklarni yopishini bildirib yozgan xatlari bor. Oldimda buni tasdiqlaydigan hujjatlarim turibdi. SHu kunga qadar ular menga 20-30 million pulimni o'tkazib berishdi. Qolgan qarzdorliklar haligacha yopilgani yo'q. "Bunyodkor" menga ko'tarma pullarimni to'lamasligini va faqat maosh hamda tatil pullarimni berishini malum qildi.

Keyin esa PFLga ariza yozishga qaror qildim. SHundan so'ng 16 iyun kuni majlis o'tkazildi va "Bunyodkor" klubiga men bilan shartnoma shartlarini bajarishlari kerakligi haqida ogohlantirildi. Keyinchalik hech qanday to'lovlar amalga oshmadi va mavzu ham ko'tarilmadi.



Sergey Lushan: - "So'ngra advokatlarim "Bunyodkor" menga 3 yildan buyon qarzlarini to'lamayotganini haqida portalga yozishdi. Ish esa keyin prokuraturaga oshirildi. Hozir sud jarayoni davom etmoqda. 12 dekabr kuni mazkur ish bo'yicha uchinchi sud majlisi bo'lishi rejalashtirilgan. Ikkinchi sud majlisida "Bunyodkor"ga tegishli bo'lgan avtobus va avtomobillarga taqiq (arest) qo'yildi. CHunki "Bunyodkor"ning nafaqat mendan, balki yana boshqalardan ham qarzdorligi bor ekan. Meni bilishimcha, yana 3 kishi klubni sudga bergan.

Hozir ular bazi bir qoidalar haqida aytishyapti, qoida - qonunlar barcha uchun bir. PFL qaror qabul qilganidan so'ng, klub bunga hech qanday etibor bermasa, keyingi yo'l, har holda men uchun bu yuridik organga murojaat qilish edi. U erda esa O'FA yoki PFL qoidalari emas, qonunlar bo'yicha ish ko'rishadi.

Bor gap shu. Ular shov-shuv qilayotgan ishlar, menga qo'yilayotgan ayblovlar shunchaki yolg'on. Menga tuhmat qilishayotgani uchun yana bir bor ariza beraman. Menga nisbatan manaviy zarar etkazishga urinishmoqda.
Hech qaysi klubda hech kim bilan shartnoma imzolamaganman. Men ishlagan klublarimning moliyaviy ishlariga aralashmaganman. Doim o'z shartlarimni qo'yganman va ishlaganman. Meni ishim maydon ichi bilan bog'liq. Qolgan masalalarga aralashmayman.

Sudga men emas, mening advokatlarim murojaat qilishgan. SHartnomam bo'yicha maoshlarimni, pullarimni ololmaganimdan so'ng nima qilishim kerak? Qaerga murojaat qilish lozim?

Reglamentda ko'rsatilganidek, biz fuqarolik sudiga murojaat qilganimizdan so'ng, PFL yoki O'FA bu ishga umuman aralashmaydi.

Men "So'g'diyona" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdim. Bu shartnoma men va klub rahbari o'rtasidagi bitim. Bu hali PFLda ro'yxatdan o'tgani yo'q. Bu shartnoma istalgan payt o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilinishi ham mumkin. Bu shunchaki qog'ozdagi shartnoma. To'g'ri, "So'g'diyona" klubining bazi qarzdorliklari mavjud va biz hali shartnomani PFLdan rasman ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz. Adashmasam, klubning PFL oldida badal pullaridan qarzdorligi bor. Kimda qarzdorlik yo'q deysiz, deyarli hammada bor. Lekin bu muammo tezda bartaraf etiladi. Pul tushishi bilan qarzdorliklar uziladi.

"So'g'diyona"da katta pullar yo'q, lekin klub prezidenti juda yaxshi ishlamoqda va muammolarni birin-ketin hal etmoqda. Klub tomonidan etibor kuchaygan. Rahbariyat pul topmoqda va futbolchilarning maoshlarini ham barqaror ravishda to'lab kelmoqda.


O'FA meni faoliyatimni O'zbekistonda cheklash bo'yicha ish ochishi mumkin?
Birinchidan, men to'g'ridan-to'g'ri PFLga murojaat qildim. Yig'ilish bo'ldi, qaror qabul qilindi. Lekin bundan naf chiqmasa nima qilish kerak? SHundan keyin portalga yozdim, ish keyin sudga oshirildi. Men PFLga murojaat qilganimdan keyin 6 oy o'tib ham natija bo'lmaganidan keyingina advokatlarim portalga yozdi. Nima qilishim kerak edi? "Bunyodkor" deyarli 90% kasodga uchrab turgan klub. Butunlay kasodga uchrasa keyin men nima qilaman? SHuncha kutdim va natija bo'lmagach ishni yuridik organlari orqali hal etishni lozim topdim. Yaqindagina Simonenko ishi uchun "Bunyodkor"dan FIFA 6 ochkoni olib tashladi. Oradan 4 yil o'tib 6 ochko olindi. Men ham shuncha kutishim kerakmi? Meni ham oilam, bolalarim bor, ularni boqishim kerak. Men begonani pulini so'rayotganim yo'qku. Menga kompensaciya yoki boshqa narsalar kerak emas. O'zimni pulimni berishsin, shu etarli. Eng qizig'i, meni o'sha olishim kerak bo'lgan pullarning solig'i to'lab bo'lingan, lekin pulning o'zi yo'q. Qani o'sha pullar? Bu endi jinoiy ish, tushunyapsizmi?

Iltimos, masalani echinglar. Menga o'sha payti qaysi rahbariyat bo'lgani, kim ishlagani va hozir kim boshqarayotgani qiziq emas. Men Boboev, Davlatov yoki Aliev bilan emas, "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolaganman.  Rahbariyat o'zgaraveradi, lekin shartnomaga klub javobgar. Bundan nega men ziyon ko'rishim kerak?

Men noto'g'ri murojaat qilganimni aytib "fortochka" qidirishmoqda. Men istalgan sudga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishim mumkin. CHunki bu mening pullarim.

Men qulmanmi? Yo'q! O'FAda qullar ishlaydimi? Yo'q! Men shartnomaga qo'l qo'yganman, kelishuv bo'yicha ish haqimni to'lab bering. SHunda adolatli bo'ladi.

Hozir ular mening nomimni oyoqosti qilishmoqchi. Men hech nimani yalinmayman, baribir pullarimni berishadi! Men oxirigacha sudlashaveraman. Kerak bo'lsa FIFAga ham yozaman va pulimni olaman. O'z pullarimni talab qilayotganim xatoimmi?

Meni istagim, bu masalani tinch yo'l bilan hal etish. Pulimni berishsin, bo'ldi. Arizamni shu zahotiyoq qaytarib olaman. Agarda vaziyat shu yo'sindan davom etsa, ko'pchilik jabr ko'rishi mumkin, balki men ham. Licenziyamni opqo'yishlari mumkindir, lekin buni menga ular emas, balki OFK bergan. Men esa bu licenziyani o'z pullarimga sotib olganman.

"Bunyodkor"da moliyaviy qiyinchiliklar bo'lganini bilaman va buni to'g'ri tushunib kelganman. Bir necha bor Murod Aliev bilan ko'rishib, uning gaplariga ishonganman. Murod Boqievich menga yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich pullarimni to'lab berishlarini vada qilgan. SHunda o'zaro qo'l tashlaganmiz. Lekin yakunda men bilan hisob-kitob qilinmasligini malum qilishdi. Nima qilishim kerak edi?

Men har qanday holatda ham o'z haq-huquqim uchun oxirigacha kurashaman. To'g'ri, bu hozirgi ish jarayonimga xalaqit beradi. Ammo aytishadiku, "it hurar, karvon o'tar".


SHundan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi bilan o'tgan chempionat, kelasi mavsum rejalari, jamoaning selekiya ishlari, MTJ haqida suhbatlashdik. Suhbatning futbol haqidagi qismini keyinroq batafsil etiboringizga havola etamiz.

P.S. Mavzu yuzasidan bir tomon, yani Sergey Lushanning fikrlarini tingladik. SHuningdek, saytimiz mazkur masala yuzasidan ikkinchi ("Bunyodkor") va kerak bo'lsa, uchinchi tarafni (O'FA/PFL) ham eshitishga tayyor.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика