So’nggi yangiliklar

16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  1 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  34 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  8 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0

Sergey Lebedev "Neftchi"ga qaytdi Yangiliklar

Sergey Lebedev "Neftchi"ga qaytdi

Samarqand safaridan qaytib kelgan "Neftchi" jamoasi futbolchilari bugun Qirgulidagi qarorgohlarida to'planib, 9-tur bellashuviga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

8-tur oldidan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi O'zbekiston chempionatini tark etganligi sababli, jamoa azolariga boshqa klublar bilan shartnoma imzolab, faoliyatlarini davom ettirish huquqi taqdim etilgan. 

SHunga muvofiq, "Istiqlol" jamoasining ikki nafar futbolchisi Rustam Abduhamidov hamda Umar Adhamzoda "Neftchi" jamoasi bilan shartnomani rasmiylashtirdi. Undan oldin esa "Navbahor" safida to'p tepgan Anvarjon Xojimirzaev va Qirg'izistonda faoliyat yuritib kelayotgan Sirojiddin Allaev "Neftchi" bilan shartnoma imzolagandi.

Karantin tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng "Neftchi" safiga "Qo'qon-1912" klubida ijara asosida o'ynagan himoyachi SHodiyor Xojimatov hamda farg'onaliklar safida ilgari o'ynagan Pavel Smolyachenko qo'shildi. Undan tashqari "Istiqlol" jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlab kelgan Sergey Lebedev ham qadrdon jamoasiga qaytdi va murabbiylik faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishiga kelishib olindi.

Malumot uchun, Sergey Lebedov 1992-1999, 2002-2004, 2006 yillarda "Neftchi"da to'p tepgan. Murabbiy sifatida 2016-2017 yillarda  "Neftchi"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2018 yildan buyon esa "Istiqlol" jamoasida ishlab kelayotgandi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика