So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  12 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  3 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Sergey Kovshov: "Bugun bizga omad kulib boqdi" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Bugun bizga omad kulib boqdi"

Vodiy derbisida "Neftchi" va "Andijon" jamoalari (0:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida "Andijon" bosh murabbiyi Sergey Kovshov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ayni paytda “Andijon” jamoasini oldidagi vazifasi boshqa, “Neftchi”ning maqsadi boshqa. Bugun ikkiala jamoaga ham ochko kerak edi. Derbida bizga omad kulib boqdi. O'yin derbiga mos va juda qiziq o'tdi. Mezbonlar o'yin davomida darvozamiz oldida juda ko'plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biz esa qarshi hujumlarning bittasidan unumli foydalandik. Ushbu yagona gol bizga g'alaba keltirdi. Jamoa ko'rsatgan o'yin juda yoqdi. Maydonga tushgan futbolchilar jonbozlik ko'rsatdilar. Hakam tomonidan o'yinga qo'shib berilgan vaqtgacha ular bo'shashishgani yo'q. G'alaba ham aynan shuning evaziga qo'lga kiritildi. Bugungi bahsda uch ochko bizga ko'proq kerak edi va bunga erishdik. SHu o'rinda jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun Andijondan Farg'onaga kelgan muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Ishqibozlarimizning daldasi ham bizga kuch bag'ishladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика