So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  5 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Sergey Kovshov: "3:0dan keyin bo'shashdik" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "3:0dan keyin bo'shashdik"

"Andijon" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Kovshov qatnashdi.

"Bugun oldimizda 3 ochko olish vazifasi qo'yilgandi. Bu juda muhim edi, chiroyli o'yin ko'rsatish emas aynan g'alaba zarur edi. Musobaqagi  o'rnimizdan kelib chiqsak bu juda ham kerakli g'alaba bo'ldi. Hisobni 3:0 qilib olgach jamoamiz ancha bo'shashib ketdi. Raqib safida Xoliqov, Vahobov kabi tajribali futbolchilar bor. SHukurki, g'alabali hisobni saqlab qola oldik.

Bugun uchala almashtirishni ham majburiy ravishda qildim, barchasi kichik jarohatlar tufayli bo'ldi. Ko'pchilik bugun charchab qoldi, 90 daqiqaga etib bora olishmadi. Sababi futbolchilar o'tgan hafta davomida katta jismoniy yuklamalarni qabul qilishdi.

Abdumalik Abdullaev aynan meni qo'l ostimda ilk bor o'yinlarni o'tkazgandi. U mening shogirdim, keyingi o'yinlarda balki u asosiy tarkibda ham tushar. Abdumalik jamoaga foyda keltira oladi.

Yoshlar jamoasida 1998, 1999 yilda tug'ilgan futbolchilar o'ynashmoqda. Ammo ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganida 1994 yilda tug'ilgan futbolchi yoshlar o'ynashlari kerak.

Bugun ilk bor bosh murabbiy sifatida o'yinni kuzatdim, bugun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmadik, hali yanada kuchaya olamiz", - deydi Sergey Kovshov. 


Islombek Rustambekov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика