So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  16 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Sergey Arslanov: "Turon"ga qarshi bahs mehmondagi o'yin ekanligini hisobga olsak, ushbu durang g'alabaga teng bo'ldi" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Turon"ga qarshi bahs mehmondagi o'yin ekanligini hisobga olsak, ushbu durang g'alabaga teng bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan "Turon" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. O'yinga kelsak, biz mutlaqo ikki xil taymlar guvohi bo'ldik. Ikkinchi bo'limda o'z taktikamizni o'zgartirdik. Ikkinchi bo'limda yuqori blokda o'ynashni boshladik. Bu o'z samarasini berdi va biz ko'proq vaziyatlar yaratdik. Birinchi taym bilan solishtirsak, ikkinchi bo'limda vaziyatlar ancha ko'p bo'ldi. 

- Jamoangiz ikkinchi bo'limda ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi. Tanaffusda jamoangizga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, tanaffusda jamoaning o'yinini o'zgartirishni rejalashtirdik. Biz biroz yuqoriroq o'ynashni boshladik, agressivroq harakat qilishga kirishdik. Raqib darvozasiga qanchalik yaqin kelsak, xavfli vaziyatlar ham shunga yarasha ko'proq bo'lishi aniq edi. Birinchi bo'limda hujum qilishda muammolar bo'lgandi. Ikkinchi taymda esa oldinga borib, vaziyatlar yaratdik. Bu umumiy gapdek tuyilishi mumkin, ammo aynan shu narsalar hisobiga biz ikkinchi bo'limda butunlay boshqacha o'yin ko'rsatdik. 

- Natijadan qoniqdingizmi?

- O'yinni dastlab 1:0 hisobida boy berayotganimizni hisobga olidigan bo'lsak, ha, natijadan qoniqdim. Yigitlarim birgalikda harakat qilishni boshlashdi, birlashishdi va xarakter ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda ular tishni tishga qo'yib harakat qilishdi va durangga erishishni uddalashdi. Bu mehmondagi o'yin ekanligini hisobga olsak, ushbu durang g'alaba teng bo'ldi. SHu o'rinda raqibning o'yinini ham takidlab o'tish lozim. Birinchi bo'limda ular zo'r harakat qilishdi. O'yin ham juda faol va qiziqarli o'tdi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика