So’nggi yangiliklar

10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  0 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  3 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  6 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  1 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  4 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  12 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  6 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  9 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0

Sergey Arslanov "Surxon"dan nima uchun ketdi? Murabbiy barchasini aytdi Yangiliklar

Sergey Arslanov "Surxon"dan nima uchun ketdi? Murabbiy barchasini aytdi

Bugun tongda "Surxon" klubi bosh murabbiyi Sergey Arslanov ishdan ketgani haqida xabar chiqdi.

Biz Sergey Arslanov bilan aloqaga chiqdik va murabbiyning fikri bilan qiziqdik: 


- "Surxon"dan ketdi degan xabar chiqdi. Bu qanchalik rost? 

- Ha, "Surxon" klubidan ketganim rost. Kecha klub bilan xayrlashdim. 

- Bunga nima sabab bo'lganini ayta olasizmi? 

- Klub rahbariyati shunday qarorga keldi. Uni muhokama qilishni istamadim. 

- Axir 23 dekabr kuni siz bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar chiqqandi.

- Ha, shartnoma uzaytirilgani rost. Endi uni bekor qilish bo'yicha muzokara o'tkazamiz. 

- Eshitishimizga qaraganda, sizda o'tgan mavsumdan keyin bir qator takliflar bo'lgandi. Hozir esa mavsum deyarli boshlanmoqda va klub siz bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu sizni xafa qilmadimi? 

- Bilasizmi, menga ko'proq "Surxon"dek klubni tark etayotganim alam qildi. Biz bir oilaga aylanib bo'lgandik. Rahbariyatning qarorini esa muhokama qilmoqchi emasman. Takliflarga kelsak, ha, ular bor edi. 


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика