So’nggi yangiliklar

22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  0 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  3 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  10 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  1 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  1 20:11"Манчестер Юнайтед" ҳамон "Спортинг" сардори билан шартнома имзолаш ниятида  8 20:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  41 19:43"Тоттенхэм" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячиси учун 55 млн евро таклиф қилди  0 19:20"Ливерпуль"га керагидан ортиқ баҳо бериб юборишмаяптими? Слот жамоаси Англия чемпионлигини ҳимоя қилиши қийин бўлади  7 18:41Жаҳон футболи афсоналари келадиган футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар бепул берилади  1 18:20ФИФА кунларида Ўзбекистон терма жамоаси қайси терма билан ўйнаши мумкин? Алишер Никимбаев версияси  8 18:03Суперлига. "Пахтакор" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  9 17:44Футзал бўйича Олий лига баҳсларига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 17:23Игорь Шквирин билан Суперлига таҳлили — "Бунёдкор” замонавий, “Насаф” барқарор ўйин кўрсатмоқда. Чемпионатда яққол фаворит йўқ  8

Sergey Arslanov: "Surxon" bugun xuddi soat mexanizmi kabi ishladi" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Surxon" bugun xuddi soat mexanizmi kabi ishladi"

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- CHempionatimizdagi har bir tur bu haqiqiy sinov. Biz uchun bu yangi tajriba. Hech qaysi o'yinni oldindan bashorat qilib bo'lmaydi. Bugungi g'alaba muxlislarimizni mamnun qildi, jamoa ichki muhitiga ham ijobiy tasir ko'rsatdi. SHu o'rinda g'alabani muxlislarimizga bag'ishlasak, menimcha to'g'ri bo'ladi. Muxlislarimiz anchadan beri biz bilanlar, hamma joyda bizni qo'llab-quvvatlashadi. Afsuski, "Qizilqum"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qila olmadik. Biroq, mana bugun jamoa o'ziga keldi. O'yinga kelsak, biz juda xursandmiz. Sababi, jamoa xarakter ko'rsatdi. Ha, juda qiyin bo'ldi. "Bunyodkor" yaxshi shakllangan jamoa, ammo yigitlar iroda ko'rsata olishdi. SHu nuqtai nazardan qaralsa, haqli g'alabaga erishdik.

- Hamma murabbiylar o'yinga tayyorgarlik ko'rishlari haqida gapirishadi. "Surxon"da ko'rdikki, jamoa "Qizilqum"ga qarshi boshqacha o'ynadi, "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda esa umuman boshqacha harakat qildi. Jamoa aynan raqibdan kelib chiqib bugun shunday o'yin ko'rsatdimi?

- Zamonaviy futbolda o'yindan o'yingacha bo'lgan tayyorgarlik degan tushuncha bor. O'yindan oldin malum bir analizlar o'tkaziladi. "Qizilqum"ga qarshi ham shunday analiz o'tkazgandik. O'yindan oldin malum reja tayyorlagandik. Maydonga tushganimizda esa mutlaqo boshqa narsaga duch keldik. Bugun ham shunga o'xshash analiz o'tkazdik va maydonga tushdik. Hozirgi paytda har bir g'alaba biz uchun suv va havo kabi muhim. G'alaba bor – biz nafas olamiz. Nafas olyapmizmi, demak yashamoqdamiz. Ishlashda davom etamiz. Kuchli va kuchsiz jamoalarga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'ramiz deya olmayman. Bugun shunchaki g'alabani juda sog'ingandik. G'alaba qozonishni istagandik va buni uddaladik. Bu bizga kerak edi. 

- "Bunyodkor" oxirgi daqiqalarda ko'p gol o'tkazyapti. O'z navbatida "Surxon" ham oxirgi daqiqalarda ko'p gol urmoqda. Bugungi golda "Bunyodkor"ning kamchiligi bo'ldimi, yoki "Surxon" o'z uslubida, oxirgi daqiqalarda o'z rejasini amalga oshirmoqdami?

- Yo'q, hech qanaqasiga "Bunyodkor"ning kamchiligi deya olmayman. O'tkan o'yinda ular aksincha oxirgi daqiqada g'alaba qozonishgandi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi, desak bo'ladi. Biz o'z vaziyatimizdan foydalandik. Kerakli payt, kerakli joyda paydo bo'la oldik.

- "Surxon" bugun g'alaba qozonganiga qaramasdan, tayanch zonasida biror sust o'yin ko'rsatdi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q, bu fikrga umuman qo'shilmayman. Aksincha, bugun tayanch zonamiz ancha zo'r o'yin ko'rsatdi. Kerakli vaziyatlarda o'rtadagi xavfni bartaraf eta olishdi. Hujumlarga o'tishda ham tayanch zonasi faol bo'ldi. SHunday ekan, hech qanaqasiga ularni yomon o'yin ko'rsatishdi deya olmayman. Ha, xatolar bo'ldi, kimdir charchab qoldi. CHunki tezlik yuqori edi. Bugun hamma o'z darajasida o'yin ko'rsata oldi. Jamoa bugun xuddi soat mexanizmi kabi ishladi. Bu biz uchun juda muhim. Uch ochko olganimizdan xursandmiz.

- Bugun "Bunyodkor" kuchli qarshilik ko'rsatdi. Raqibda bir necha xavfli vaziyatlar ham bo'ldi. SHu tomondan qaralsa, "Surxon" bugun irodali g'alaba qozondi, desa bo'ladimi?

- Albatta. Menimcha, chempionatdagi har bir g'alabamiz shu tarzda qo'lga kiritildi. Oson g'alaba qozongan o'yinimiz bo'lmadi. Har bir o'yinda biz katta kuch sarfladik. Bu chempionatdagi raqobatning kuchliligidan dalolat. Raqobat bor joyda esa o'sish bo'ladi. Bu hamma uchun foydali.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика