So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Sergey Arslanov: "Superligadagi istalgan jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashishi mumkin" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Superligadagi istalgan jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashishi mumkin"

Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnishdi.


- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida qisqacha gapiradigan bo'lsam, uchrashuv agressiv, xilma-xil taktika va jang. O'yin voqealarga boy bo'ldi. 

- Yosh futbolchi Asilbek Jumaevning o'yini haqida gapirsangiz...

- Jumaevning o'yini haqid gapirsam, Asilbek nafaqat shunchaki debyut, balki faoliyatidagi juda natijali start bo'ldi deya olaman. Sababi, bu futbolchi berilgan imkoniyatdan foydalandi, o'zini yo'qotib qo'ymadi, aksincha, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Unga hech qanday etiroz yo'q. Kelajakda unga omad tilayman. Asilbekda zamonaviy futbol talab qiladigan barcha jihatlar bor va fikrimcha uning kelajagi porloq.

- "Surxon" klubi taktik jihatdan ancha kuchli ekanligi borasidagi fikrga qo'shilasizmi? "Surxon" bu borada chempionatning top-5 jamoalariga qarshilik ko'rsata oladimi?

- Albatta, Superligadagi istalgan jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashishi mumkin. CHempionatimizning qiziqligi ham shunda, biz esa bu bilan cheklanib qolmaymiz. Biz hali o'zimizning eng kuchli taraflarimizni ko'rsatamiz. SHu o'rinda men muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bugun o'n ikkinchi o'yinchi vazifasini alo darajada bajarishdi. Muxlislarimiz birinchi o'yindan beri hamma joyda biz bilan birga bo'lishmoqda. Bu esa albatta o'z tasirini ko'rsatmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика