So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Sergey Arslanov: "Bunday muxlislik ostida futbol o'ynashga qiynaldik" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Bunday muxlislik ostida futbol o'ynashga qiynaldik"

Coca Cola Superligasi 14-turi doirasida "Andijon"ga qarshi bahsdan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Barchaga hayrli kech. Ilk navbatda shuni takidlashim kerakki, mezbon jamoa muxlislari suyuklilarini ajoyib tarzda qo'llab turishdi, aqlbovar qilmas perfomans yaratishdi. O'z navbatida bu yuqori darajadagi futbol muhitini yaratdi. Bu juda yoqimli. Ammo raqib jamoada futbol o'ynashi uchun juda qiyin bo'ladi. "Andijon" ushbu bahsda g'alaba qozonish uchun juda jiddiy tayyorlangani va kuchga to'la ekanligi ko'rindi. Ular uchun uch ochkoni qo'lga kiritish majburiyat sifatida oldiga qo'yilgandek bo'ldi. Bizning jamoaga qanday bo'ldi? Juda og'ir. Rostdan ham, Sizlarning bunday darajadagi futbol atmosferasini hosil qilganingiz va jamoaningizning qo'llashingiz sababli yuqori darajada futbol o'ynashga qiynaldik. SHu sababli yigitlarimga tan beraman. "Andijon" kabi yaxshi holatda bo'lib turgan jamoaga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash, juda katta kuchni talab qiladi. Yigitlar o'zlaridagi xarakterni, irodani namoyish qilib berishdi. Balki, bugun omadimiz kelib, bir ochkoni qo'lga kiritgandirmiz. Ikkinchi davrada har bir ochko oltinga teng bo'ladi. O'yin bobida gapirish juda qiyin. Jamoalar asosan kurashlarda ishtirok etishdi, ko'plab duellar bo'ldi.

- Silvanus Nimeli ikkinchi bo'limda ko'p yugurmadi. Uning jismoniy holati yomonga o'xshadi.

- Har bir futbolchining bajarishi kerak bo'lgan vazifalari bor. Buning barchasi raqiblarning o'yin uslubidan kelib chiqiladi. Birinchi bo'lim juda og'ir o'tdi. Undan tashqari, futbolchimizning qizil kartochka olgani ham ko'p narsani o'zgartirib yubordi. SHu sababli futbolchilarga boshqa vazifalar yuklandi. Nimeli ham yanada chuqurroq joylashdi va hujumkor yarim himoyachi poziciyasi o'rniga yakunlovchi hujumchi o'rniga joylashdi. 10 kishi bo'lib qolganimiz uchun bu ham juda ko'p kuchni oladigan ish. SHu boisdan bemalol aytishim mumkinki, Silvanus bugun o'z oldiga qo'yilgan barcha vazifalarini to'laqonli bajardi.

- Jamoaning bosh murabbiyi Siz. Ammo o'yinga jamoani Sergey Tokov tayyorlaydi. Bu haqida nima deysiz?

- Agar etibor bergan bo'lsangiz, maydon chetida men ham, Sergey Tokov ham, Rustam Qurbonboev ham ko'rsatmalar berib turdi. Bizda barcha jamoa uchun qayg'uradi. U bosh murabbiy, faqat u gapirishi kerak, boshqalar jim o'tirishi kerak deyilmaydi. Bizda texnik hududda bo'lib turgan barchada futbolchilarga ko'rsatmalar berib turish vakolati bor. SHu sababli, hattoki, darvozabonlar murabbiyi ham turib, futbolchilarga baqirib, ko'rsatmalar berib turdi. 

- Natijadan mamnunmisiz?

- Bunday muxlislik, 10 kishi bo'lib o'ynaganimizni hisobga olsak, natijadan mamnunman. Yigitlarning xarakterini namoyish qilganidan esa xursand bo'ldim. Bu esa eng asosiysi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика