So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  5 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  3 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

"Sergeli" "Mustaqillik Kubogi" g'olibi! Yangiliklar

"Sergeli" "Mustaqillik Kubogi" g'olibi!

24 sentyabr kuni "Sergeli" hamda "Bunyodkor A" jamoalari o'rtasida "Mustaqillik Kubogi"ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan bahsga ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Uchrashuv boshida "Sergeli"ning 29-raqamli futbolchisi "Bunyodkor A" jarima maydonchasida yiqildi, hakam esa bunga ishonmay o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi. "Sergeli" futbolchilari raqib "Bunyodkor A" bo'lishiga qaramay, ko'proq hujumga etibor qaratdi. Jamoa sardori Sanjar Yulchiev o'zi harakat qilayotgan o'ng qanotda reydlar amalga oshirdi va hujumlar xavfli tus olishini taminladi.


Birinchi bo'limda golga tortuvchi vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q.

Sariq kartochka olgan Tojiboev Ravshan ikkinchi bo'limda o'zini ko'rsata oldi. "Bunyodkor A" jarima maydonchasi ichida ikki futbochini ajoyib harakatlari evaziga aldab o'tgan Ravshan darvoza tomon zarba berdi va raqib posboni to'pni qaytara olmadi. Stadionga yig'ilgan 150ga yaqin muxlislarning deyarli barchasi "GOOOL!" deya baqirib yubordi. "Bunyodkor A" bosh murabbiyi muvozanatni tiklash uchun o'zgarishlar amalga oshirdi.


"Qaldirg'ochlar" hisobni tenglashtirish uchun ko'pchilik bo'lib hujumga o'tishdi, ammo "Sergeli" futbolchilarining himoyadagi ishonchli o'yini bunga imkon bermadi.

Hakam uchrashuv yakunlanishini bildiruvchi xushtagini chalganidan so'ng ko'plab muxlislar maydonga tushib ketishdi va g'alabani futbolchilar bilan nishonlashdi.


SHunday qilib, "Sergeli" jamoasi "Mustaqillik Kubogi" sohibiga aylandi.



"Sergeli" - "Bunyodkor A" 1:0

Gol: Teshaboev Ravshan 59.

"Sergeli": Botirov Obid, Mo'ydinov Ilyos, Usmonov Mirtemir, Qoraboev Elbek, Turopov Davron, Karimov SHahzod, Muhamedov Abdulla, Ilhomov Mamur, Xotamboev Doston, Teshaboev Ravshan, Yulchiev Sanjar.

Zaxira: Yuldashev Sardor, Xaydarov Bahodir, Muratov Botir, Axunboev Alisher, Ergashev Xumoyun, Sadullaev Nodir, Ro'zmetov Toxir.

"Bunyodkor A": Qilichev Javohir, Ahmadjonov Xojiakbar, Jo'raboev Alijon, Suyunov Mirjalol, Mirzaahmatov Rahmatilla, Hakimjonov Orifjon, Abdumalikov Abdujalol, Jumankulov Abbos, Abdusalomov Jahongir, Nosirov Abbos, Turdiboev Nuriddin.

Zaxira: Muhriddinov Dilmurod, Axadov Ziyovuddin, Mametov Asadbek, Xolmuhammedov Afzal, Mirxosilov SHahzod, Abdunabiev Bilol, Abduhamidov Kamron.

Uchrashuvda olingan eng sara suratlarni bu erda tomosha qilishingiz mumkin: FOTOGALEREYA

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика