Sergey Simonenko yana “Bunyodkor”ni tanqid qildi
13 dek 2014 17:06
Yangiliklar

Sergey Simonenko yana “Bunyodkor”ni tanqid qildi
Birinchi davrani “Bunyodkor”da o'tkazgan Sergey Simonenko Ukrainaning tribuna.com saytiga intervyu berib, yana klubni tanqid qildi.
Nimagadir oxirgi paytlarda “Bunyodkor” haqida ko'p o'yinchilar salbiy fikrlarni aytishmoqda. Bu gap ayniqsa, shu erda o'ynab ketgan legionerlarga tegishli. Avvaliga markaziy himoyachi Sergey Simonenko intervyu berib klubni tanqid qilgandi, keyin bu ishni Pishur ham davom ettirdi. Kuni kecha Simonenko yana intervyu berib, bu safar ham “Bunyodkor” shaniga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirdi.
- Sizga “Bunyodkor” bundan keyin Cizsiz davom etishini qanday malum qilishdi?
- Murabbiy menga bundan buyon uning jamoasida birmuncha yuqori saviyadagi futbolchilar to'p tepishini aytdi. Men so'radim: “O'yin bo'yicha menga etirozlar bormi?”. Murabbiy esa o'yining bo'yicha etiroz yo'q, biroq o'rningda boshqalar o'ynaydi dedi. Faqat boshida menga yana imkoniyat berishini va tayyorlanib turishimni aytdi. Biroq uchrashuv qaydnomasiga kirganim bilan maydonga tushirmadi, oradan ko'p o'tmay umuman qaydnomaga ham kiritmay qo'ydi. Birinchi davra tugaganidan so'ng men so'radim: “Endi nima qilay?” Menga rahbariyat bilan uchrashib masalalarni hal qilib olishimni va o'zimga yangi jamoa topishim mumkinligini aytishdi.
- Yozgi yig'inda qatnashmadingiz?
- Ha. Vaholanki, borib yana o'zimni ko'rsatmoqchi, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi edim. Biroq murabbiy meni xohlamayotganini aytdi.
- Ammo sizda yana yarim yillik shartnoma bor edi.
- Ha. Men klub rahbariyatiga “Hech qanday muammo yo'q, jamoadan ketaman, faqat men bilan to'liq hisob-kitob qilinglar. Yoki pulimni to'liq olishim borasida kafolat xati beringlar” dedim. Boshida ular bunga ko'ngandek bo'lishdi, ammo yakunda hech narsa o'zgarmadi. Men klub bosh direktori bilan bu mavzuda ko'p marta gaplashdim, hatto kabinetida uch soatlab o'tirgan paytlarim bo'ldi, lekin yakuniy to'xtamga kela olmadik.
- Undan keyingi voqealar rivoji qanday tus oldi?
- Kievga qaytib kelgach, huquqshunosga uchrashdim va hujjatlarni FIFAga jo'natdik. 5 dekabrgacha “Bunyodkor”da FIFAga men bilan bog'liq vaziyat bo'yicha tushuntirish xati berish imkoniyati bor edi. Hozircha klubdan hech kim bilan aloqaga chiqqanim yo'q, biz faqat agent orqali muloqot qilyapmiz.
- “Bunyodkor” tufayli mavsumning ikkinchi yarmida o'yini amaliyotisiz qoldingiz. Bundan afsusda emasmisiz?
- Aytgancha, FIFAga yozgan xatimda shuni ham ko'rsatib o'tganman. Meni o'yin amaliyotidan qisib qo'yishdi, hech qaerda to'p tepish imkonini berishmadi. Yaxshiyamki, mashg'ulot o'tkazishni taqiqlashmadi – aytish mumkinki, mashg'ulotlar uchun sharoit zo'r edi.
- “Sevastopol”ni tark etayotib boshqa klub axtarmayman, kimga kerak bo'lsam o'zlari topib olishadi degandingiz. Hozir ham shu fikrdamisiz?
- Endi men jamoa qidiryapman deya gazetaga elon bermayman-ku. Agar qandaydir variantlar chiqib qolsa, ularni albatta ko'rib chiqaman. Lekin o'zim hech kimga qo'ng'iroq qilmayman. Hozircha faoliyatimni tugatish haqida o'ylayotganim yo'q.
X.Xoliqov tayyorladi.
P.S. Jamoa shaniga bildirilayotgan shuncha tanqidlarga qaramasdan, nima uchundir “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati hozircha bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermadi. Bu esa ko'p hollarda futbolchilar haq, klub esa nohaq degan xulosaga olib kelishi mumkin. O'ylaymizki, “Bunyodkor” rahbariyati legionerlar bilan bog'liq muammolarga befarq bo'lmay, yaqin kunlar ichida ushbu mavzu yuzasidan o'z munosabatini bildiradi.

Fikrlar