Sergey Simonenko: "Qaldirg'ochlar" bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritaman deb umid qilaman"
20 fev 2014 17:21
Yangiliklar

Sergey Simonenko: "Qaldirg'ochlar" bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritaman deb umid qilaman"
Bugun "Bunyodkor" klubi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Klubga yangi qo'shilgan ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko tadbirdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Sergey Simonenko: "O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa safida bo'lish bu yoqimli albatta. O'zbek futboli haqida bilganlarim bor. Aleksandr Xvostunov bilan uzoq yillardan buyon do'stona aloqalarimiz saqlanib qolgan. U orqali ozmi-ko'pmi bu o'lka futboli haqida eshitganman. "Bunyodkor" safida yaxshi futbolchilar yig'ilgan, tezda bu jamoaga kirishib ketdim. Barcha yigitlar bilan yaxshi chiqishib kettik. Yangi mavsumda "qaldirg'ochlar" bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.

Fikrlar