Sherlar yig'in doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini Rossiya birinchi divizioni vakili "Nefteximik"ka qarshi o'tkazib, durang natija qayd etishgandi. Rejaga ko'ra, ilk xorij yig'inidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi ertaga Polshaning "Yagelloniya" klubi bilan o'tkaziladi. Bu jamoa ayni paytda mamlakat Ekstraklassasida (oliy liga) 9-pog'ona bormoqda.
Biz mashg'ulotlar qanday davom etayotgani haqida ma'lumot olish uchun "Paxtakor" yarim himoyachisi Sergey Rekun bilan bog'landik.
Sergey Rekun: "Mashg'ulotlar juda qiziqarli va shu bilan birga kuchaytirilgan tartibda olib borilyapti. Ko'z tegmasin, jamoadagi ichki muhit a'lo darajada. "Nefteximik" bilan bo'lib o'tgan o'yinga kelsak, uchrashuv og'ir kechdi. Sababi shundaki, mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalarga ko'p e'tibor qaratilyapti. "Nefteximik" yaxshi saviyadagi jamoa ekan. Har bir chizig'ida teng kuchli futbolchilar jam bo'lgan. Xoh u o'rtoqlik bo'lsin, xoh rasmiy uchrashuv, biz har bir o'yinga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Bu o'yin ham bundan mustasno bo'lmadi. Lekin bu futbol, unda hamisha g'alaba qozonishning iloji yo'q. Ishonchim komil, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Kuni kecha safimizga Artem Filiposyan kelib qo'shildi. Kamol aka (Kamoliddin Tojiev nazarda tutilgan) va Egor haqida gapirmasam ham bo'ladi. Ular "Paxatkor" uchun yangi o'yinchilar emas.