So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Sergey Lushan: "Tarkibni mashg'ulotlarga qarab tanlayman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Tarkibni mashg'ulotlarga qarab tanlayman"

"Qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan "Nasaf"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Raqiblarda bir qancha vaziyatlar bo'ldi", deya so'z boshladi mezbonlar bosh murabbiyi.

Bugungi o'yinda o'ylagan barcha ishlarimizni amalga oshira olmadik. Satoga keladigan bo'lsak, u tartibli, yaxshi futbolchi. U hali o'zining to'liq imkoniyatlarini ko'rsata olgani yo'q. Bunga bir qancha narsalar, jumladan, jarohatlar halal bermoqda. 

Zuagi va SHodiev? SHaker vataniga uchib ketdi. Uning jarohati bor. SHu sababli, uni vataniga qo'yib yuborishga qaror qildik. 

SHodievning operaciyasiga 4 hafta bo'ldi. Hozircha ichki imkoniyatlardan foydalanib turishga harakat qilmoqdamiz.

Akbar To'raevning o'rnini ayni paytda Zuhurov egallagan. Uning harakatlari menga maqul kelmoqda. Darvozabonlar murabbiyi bilan qaysi posbonni o'yinga tayyor deb hisoblasak, o'sha maydonga tushadi. Bugalo bo'lsa Bugalo, Akbar bo'lsa Akbar. 

Bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi? Gevorkyanni aytishni istardim. Ammo, u bundan ham yaxshiroq harakat qila oladi. Aniq kimnidir ajratib ko'rsata olmayman. Gadoev ham yaxshi o'yin namoyish etdi. SHuningdek, Zuhurov ham. 

Asosiy tarkib uchun barchada imkoniyat bor. Men mashg'ulotlarga qarab tarkibni tanlayman. Bekrich bilan nima bo'layotganini tushuna olmayapman. Rashidov ham hali o'zini ko'rsatadi. Bizdagi muammolar, ruhiy tomonlama. 


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика