Sergey Lushan: "Lokomotiv"ni tarixiy g'alaba bilan tabriklayman"
12 noy 2014 20:00
Yangiliklar

Sergey Lushan: "Lokomotiv"ni tarixiy g'alaba bilan tabriklayman"
O'zbekiston kubogi finalidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi.
Avvalo "Lokomotiv" jamoasini kubok bilan tabriklamoqchiman. O'yin haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsam, uchrashuv golgacha davom etdi. Biz endi-endi yangi jamoani shakllantirmoqdamiz. Oldimizda hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. "Bunyodkor" akademiyasi asosida kuchli va katta jamoani tashkil etishni rejalashtirganmiz. Futbol maktabi uchun juda keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilgan va endilikda bundan samarali foydalanishimiz kerak. Yoshlarimizni oldinda porliq kelajak kutmoqda.
Ko'pchilik O'zbekistonning iqlimi juda issiq deb noliydi. Bu bo'lmagan narsa. Ob-havoni bahona qilmay ishlash kerak aslida. Keyingi yili biz ushbu tarkib bilan juda katta muvaffaqiyat qozonishimizga shubha qilmayman. Yoshlarga imkoniyat berishdan qo'rqmaslik kerak. Bazi murabbiylar asosan tajribali futbolchilar ishonib, yoshlarni yodlaridan chiqarib yuborishadi. Meni siyosatim esa ularnikidan farq qiladi. Biz yoshlarga ishonamiz deb ko'p bong uramiz. Ammo ishda kelganda ularni yoddan chiqarib yubormoqdamiz.

Fikrlar