Sergey Lushan: “Kelasi yil “Bunyodkor” juda kuchli jamoaga aylanadi”
02 noy 2014 19:45
Yangiliklar


Sergey Lushan: “Kelasi yil “Bunyodkor” juda kuchli jamoaga aylanadi”
“Andijon” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
“Har ikkala jamoa ham bu maydonda qiynalishdi. Biz standartlarni golga aylantirib, g'alaba qozondik. Natijadan qoniqdim, o'yindan ham. Umuman bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi. Meni xursand qilayotgani shuki, hamma o'yinchilarim safda va ixtiyorimda. Kubok oldidan esa bu men uchun juda-juda muhim. Rahbariyatimiz tomonidan yoshlarga ishonch bildirish siyosati maqullandi. Bugun ham asosan akademiyamiz tarbiyalanuvchilarizga ishondik. Kelasi yil "Bunyodkor" juda kuchli jamoaga aylanadi. Albattaki, selekciya ishlarini qo'shib hisoblaganda, - deydi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar