So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  1 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Sergey Lushan: "Hech bir futbolchiga etrozim yo'q" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Hech bir futbolchiga etrozim yo'q"

"Bunyodkor" - "Persepolis" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Raqib biz bilan teng edi. Kecha aytgandim, bunday jamoaga qarshi o'ynamaganmiz. Himoyada juda yaxshi o'ynadi. Vaziyatlar yaratdik va gol ura olmadik. O'zimiz esa himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. OCHLda bunday xatolar juda qimmatga tushadi", - deydi Sergey Lushan.

- Hammasi yaxshi ketayotgandi. Hujumda tezkorlik bilan harakat qilinmadi.

- Bilasizmi umuman kerak bo'lmagan penalti kerak emasdi. Yigitlar so'nggi daqiqalarda katta kuch bilan oldinga o'tishdi. Biz g'alaba qozonishga urindik. Hech bir futbolchiga etirozim yo'q. Gol ura olmaganimiz muammoimiz. Guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashamiz.

- Eldor SHomurodov haqida nima deya olasiz? U qanchalik sizning ko'rsatmalaringizni bajara oldi.
- SHomurodov 90 foizga barcha ishni to'g'ri qildi. Vohid SHodiev butun 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasdi, shu bois uni zaxiradan maydonga tushirdi.

- Nima uchun Sardor Rashidov ikkinchi qavatdagi kurashlarda ishtirok etmaydi?

- Biz uni mashg'ulotlarda urishamiz. Ammo jazolay olmaymiz. Uning kuchi tezkorlikda. Menga barcha jabhada kuchli bo'lgan futbolchini ko'rsatinglar. Bunday o'yinchi yo'q.

- SHomurodov 90 foizga ko'rsatmangizni bajardi dedingiz. U 90 foizda to'pni yo'qotdi. Siz bunday ko'rsatma bermagandirsiz?

- U 4 marta xatoga yo'l qo'ydi. Eldorning kuchi jarima maydonidagi o'yinda namoyish etiladi. Agar u gol urganida bugun ajoyib o'ynagan bo'lardi, shundaymi? Yo'q.

 - Keyingi o'yinda qaysi tarkibni tushirasiz? Taktikani o'zgartirasizmi?

- Hozir men barchaga tarkibni ayta olmayman. Keyingi o'yinimiz "Buxoro"ga qarshi o'ynaymiz. O'sha kuni kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi.

- Raqib "Bunyodkor"ni o'rganib shunga yarasha taktika tanladi. Sizda bu holat qanday bo'ldi?

- Raqib qanday o'ynashini bilardik, ammo aynan qaysi taktika tanlashini bilmasdik. Albatta penalti alamli. Xato barchada bo'ladi. Balki penalti bo'lmaganida hisob umuman boshqacha bo'larmidi? Qaytarib aytaman, guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashamiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика