So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Sergey Lushan: "Eng asosiy kamchiligimiz - vaziyatdan foydalana olmaslik" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Eng asosiy kamchiligimiz - vaziyatdan foydalana olmaslik"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lahviya" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Sergey Lushan ishtirok etdi.

"Bunday o'yinlardan so'ng nima deyishga ham hayronsan. Muammo o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmasligimizda. Yomon o'ynadik yoki yigitlar bor kuch bilan o'ynashmadi deya olmayman. Oddiy vaziyatda penalti bo'ldi. Eng asosiy muammoimiz bu yaratgan vaziyatlardan foydalana olmasligimizda", - deydi Lushan.


O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan SHaker Zuagi ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Murabbiyimiz barcha gapni aytib qo'ydi. Bunday o'yinlarda bitta ikkita vaziyatdan gol urish kerak. Afsuski yuta olmadik. Raqib hech nima qilgani yo'q, faqat qarshi hujumda o'ynadi", - deydi Zuagi. 


- Hakamlar so'nggi 4ta o'yinda "Bunyodkor" 3ta penalti begilashdi. Bu hakamlar bilan bog'liqmi yoki himoyachilaringiz shu qadar qo'polmi? 

- Yo'q hakamlarda ayb yo'q. Himoyachilarimiz va Akbar To'raev jamoa uchun foyda keltirishga urinishdi. Biroq o'xshamadi. 


- Sardor Rashidov mavsum boshini juda yomon o'tkazmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Bilganimda edi. Matbuot uni futbol dahosiga chiqarib qo'yishdi. SHu bois ham yosh yigit o'z o'yinini ko'rsata olmayapti.


- Siz doim tezkor o'yin tarafdori edingiz. Bugun shuni ko'rmadik...

- Nega endi futbolchilarimiz tez harakat qilishdi. Lekin raqib katta kuch bilan himoyalanishdi. SHu bois sizga tashqaridan shunday tuyulgandi.


- "Bunyodkor" ketma-ket ikkinchi o'yinda o'z maydonida gol ura olmayapti. Gol urish uchun yana nechta hujumchi yoki nechta imkoniyat kerak?

- Bu savolga javob bera olmayman. 


- Raqib ko'pchilik bo'lib himoyalansa uzoqdan zarba berish kerak emasmi? 10ta zarba beringlar gol bo'ladi.

- To'g'ri. Lekin uzoqdan zarba berish ham oson emas. Buning uchun futbolchilar mahoratga ega bo'lishlari lozim. 


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика