Sergey Lushan: "Doimo g'alaba qozonadigan jamoa bo'lmaydi"
05 iyu 2014 21:51
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Doimo g'alaba qozonadigan jamoa bo'lmaydi"
“Paxtakor” – “Bunyodkor” (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
“10 kishi bo'lib harakat qilish qiyin. O'yinni boshidagi chetlatish oxir-oqibat bizga pand berdi. "Paxtakor" esa hujum qilishni biladigan jamoa hisoblanadi. Lekin bundan fojea yasamagan bo'lar edim. Ikkinchi davrada javob o'yini bor”, - deb gap boshladi Lushan.
- Pishur atayin qizil olgandek ko'rinmadimi?
- Yo'q. Maydonda 22ta erkak quyosh ostida o'ynadi. Ehtiroslar bo'ladi. Hakamlar haqida esa fikr bildirmayman. Hamma xato qiladi. Maydonda robotlar yo'q. Buning uchun nazoratchilar bor.
- "Bunyodkor" o'z tarixida eng yomon natija bilan tanaffusga chiqib ketyapti. Buni qanday izohlaysiz?
- Hech qanday, bir tekisda o'ynaydigan jamoa yo'q. Oldimizda ikkinchi davra bor. Undan tashqari chempionatimizda biz yuta olmaydigan jamoa yo'q. Istalgan jamoani mag'lub bo'lishi mumkin. Hammaning imkoniyati bor va buni ikkinchi davra ko'rsatadi. Bu haqda kuzda yana bir savol bersangiz, o'shanda javob beraman.

Fikrlar