Sergey Lushan: Bizga zich himoyani yorib o'tadigan robot etishmayapti
23 avg 2014 21:36
Yangiliklar


Sergey Lushan: Bizga zich himoyani yorib o'tadigan robot etishmayapti
“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaninig ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi qatnashdi.
- Juda-juda alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik. O'yin haqida ko'p gapirmoqchi ham emasman. Og'ir o'yin. Zich himoyani yorib o'tadigan robot etishmayapti. Maydondagi futbolchilar buni uddalay olishmayapti. To'pni ko'p nazorat qilishimiz esa natija bermadi. Ishlaymiz, kamchiliklarni to'ldiramiz. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bunday alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan birinchi jamoa emasmiz. SHunday ekan, uni unutamiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Sardor Rashidovni umuman olganda bugun maydonga tushirmoqchi ham emasdim. CHunki u Bokuda qiyin o'yin o'tkazgandi. Uni funkcional holati tayyor emasdi. U maydonga chiqib, kutilgan o'yinni ko'rsatib berolmadi. Sardor jamoa etakchilaridan biri bo'lganligi uchungina o'yin o'zgarishiga umid qilib tushirgandim. Akramjon Komilov yomon o'yin ko'rsatmadi. Biroq natija yomon bo'lgan o'yinlarda chiroyli o'ynagan o'yinchi ham ko'zga tashlanmaydi, - deydi Sergey Ivanovich.

Fikrlar