So’nggi yangiliklar

17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  1 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  4 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   12 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  3 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  6 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13

Sergey Lushan: “Biz uchun bugun qiyin o'yin bo'ldi” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Biz uchun bugun qiyin o'yin bo'ldi”

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Sergey Lushan savollarga javob berdi.

- O'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Raqib jamoa maydon markazida bizga qizg'in kurashni taklif etdi va yaxshi o'ynadi. Bugun jamoam men istagan darajada o'ynay olmadi. Lekin shunga qaramay kerakli natijani qo'lga kiritdik. Havo ham juda issiq bo'ldi. Ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olmadik. So'nggi uchrashuvlarda gol o'tkazib yubormayapmiz. Mana shu omil meni quvontirmoqda. Avvalgidek keraksiz va ajabtovur gollarni o'tkazib yubormayapmiz. Biz to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz va keyinchalik ham umid qilamanki ushbu yo'ldan ketamiz - deya gap boshladi Lushan.

- Vohid SHodiev nega oxirgi paytlarda zaxirada qolib ketmoqda?

- U hali butun uchrashuvida to'liq o'ynashga tayyor emas. Jaroxati sabab bir yarim oyni davolanish bilan o'tkazdi. SHuning uchun hozir u o'zining optimal formasida emas. So'nggi ikki bahsda zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytira oldi. Bu jamoamiz uchun juda muhim. Davralar oralig'ida yig'in o'tkazamiz va shunda ko'ramiz. Ikkinchi  davrada kim asosiy tarkibda o'ynashini vaqt ko'rsatadi. Hujum chizig'idan ko'nglim to'q. Aynan SHomurodov, O'rinboev va SHodievdan.      

- “Qo'qon-1912” o'yiniga qanday tarif bergan bo'lardingiz?

- Ular bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Jamoamizning kuchsiz va kuchli jihatlarini yaxshi o'rgangani o'yin davomida sezilib turdi. “Qo'qon-1912” ko'rsatayotgan o'yinidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ularning hozirgi egallab turgan o'rni o'ziga mos emas. “Bunyodkor” bugun mahorat evaziga g'alaba qozondi. Qo'qon jamoasi juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular har bir raqibga chaqilmas yong'oqdir – deydi Sergey Ivanovich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика