So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Sergey Lushan: “Al-Nasr” Saudiya Arabistonining hozirgi paytdagi eng kuchli jamoasi" Yangiliklar

Sergey Lushan: “Al-Nasr” Saudiya Arabistonining hozirgi paytdagi eng kuchli jamoasi"

"Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan va himoyachi Akmal SHorahmedov ishtirok etdi.
- Avvalo, yoqimli kutib olishgani va yaxshi sharoitlar yaratib bergani uchun “Al-Nasr” futbol klubiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchi edim. Oldinda judayam qiziqarli bahs kutib turibdi. Raqib oddiy jamoa emas – Saudiya Arabistoni chempionatining bugungi kundagi eng kuchli klubi. Bunday jamoa bilan kuch sinashish qiziqarli, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- “Al-Nasr” klubi haqida qanjay malumotlarga egasiz. Umuman raqib jamoani qay darajada o'rgandingiz?
- Yuqorida takidlab o'tganimdek, “Al-Nasr” Saudiyaning hozirgi paytdagi eng kuchli jamoasi. SHunday ekan jamoani sinchikovlik bilan o'rgandik. Raqib ishtirokidagi so'nggi paytlardagi deyarli barcha uchrashuvlarni ko'rdik. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida o'zimiz uchun qaydlar belgilab olganmiz.

- “Bunyodkor” garchi “Al-Jazira”dan ustun kelgan bo'lsa-da, jamoangiz hali to'liq sport formasida emas. Bu holat Sizni havotirga solmayaptimi?

- Bizni qanday holatda ekanligimizni ertangi bahs ko'rsatib beradi. Raqibni o'rganish jarayoni yaxshi bo'ldi. Endi ularga kuchli jihatlarini ko'rsatishga yo'l qo'ymasligimiz lozim. SHuningdek, biz ayni payda qodir bo'lgan o'yinimizni ko'rsata olsak, o'ylaymanki natija biz uchun ijobiy bo'ladi.

- Jamoangizda yo'oqtishlar bormi?
- Yo'q, hammasi joyida. Ar-Riyodga maksimal kuchli tarkibimiz bilan kelganmiz.

Bahodir MIRZAEV
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика