Sergey Kovshov: “Ikkinchi o'rin ham yomon emas”
12 noy 2014 11:25
Yangiliklar

Sergey Kovshov: “Ikkinchi o'rin ham yomon emas”
Yakuniga etgan chempionatda “Neftchi” yoshlar jamoamiz 2-o'rinni egallab, kichik kumush medallarni qo'l kiritdi.
Tabiiyki bunda murabbiy Sergey Kovshovning ham mexnati yotibdi. SHu munosabat bilan yaqinda Sergey Gennadevich bilan suhbatlashib, yakuniga etgan mavsum va boshqa savollarga javob oldik.
- Sergey Gennadevich, siz bilan ilgari suhbatlashganimizda “Neftchi” yoshlar jamoasini chempionlik uchun kurashishini takidlagandingiz. Lekin boshqaruvingizdagi jamoa yakunda 2-o'rinni band etdi. Umuman olganda poyoniga etgan mavsum haqida nima deysiz?
- Albatta, har qanday murabbiy va futbolchi ham oltin medal olishni istaydi. Tabiiyki 1-o'rinni egallaganimizda yanada yaxshi bo'lardi. Mavsum boshida shunday vazifa qo'yilgandi. Afsuski ayrim uchrashuvlarda yo'qotilgan ochkolar birinchi bo'lishimizga to'sqinlik qildi. Men bu erda “Bunyodkor”ga yutqazganimizni hisobga olmayapman. Aksincha “Qizilqum” va “Metallurg”ga qarshi bahslardagi duranglar sabablar tufayli muhim ochkolarni yo'qotdik. Lekin baribir mavsum qoniqarli o'tdi deb hisoblayman. CHunki 2-o'rin ham yomon emas.
- Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlagandinglar. Lekin chempionlik uchun kurashda “Mashal”dan ortda qolib ketdinglar. Nima deb o'ylaysiz, shogirdlaringizda charchoq alomatlari sezildimi?
- “Qizilqum” va “Metallurg”ga qarshi bahslarda avvaliga biz hisobda oldinda borayotgandik. Biroq keyinchalik g'alabani qo'ldan chiqarib, yakunda durang qayd etdik. Bir so'z bilan aytganda, hotirjamlik bizga pand berdi. Futbolchilarga o'yin borasida etirozim yo'q. Ular mavsumni yaxshi o'tkazishdi.
- CHempionat mobaynida o'zini ko'rsatgan qaysi shogirdlaringizni alohida ajratib ko'rsata olasiz?
- Yaxshi o'yin ko'rsatgan yigitlar ko'p bo'ldi. Bundaylar sanoqli emas. Xususan Abdumavlon Abdujalilov, Izzat G'aniev, Otabek Zokirov, Tavakkal Abdurahmonov va Doston Tursunov kabi yoshlar o'zini ko'rsata oldi. Ayniqsa himoyachi Tursunov jamoamizning asosiy himoyachilaridan biri bo'lib, hatto U-19 yoshlar terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempionatida ham munosib ishtirok etib qaytdi. Bizni quvontirgani Doston turnir mobaynida barcha uchrashuvlarda o'ynadi. Bulardan tashqari tajribali Nosir Otaqo'ziev, Andrey Akopyanc, Iqbol Boboxonov va Vyacheslav Ponomaryov singari o'yinchilar ham yoshlar safida to'p surib, yordam berishdi. Buning uchun ularga rahmat aytamiz.
- “Neftchi” yoshlar jamoasini boshqarishni keyingi mavsumda ham davom ettirasizmi yoki...
- Buni hozircha aniq ayta olmayman. Rahbariyat bilan bu borada gaplashganimizdan keyin hal bo'ladi. Albatta “Neftchi”dagi faoliyatimni davom ettirish niyatim yo'q emas. Buning ustiga jamoa bilan kelasi yilning may oyigacha shartnomam bor.

Fikrlar