Sereso "Barselona"ga qarshi bahsdan oldin sportni siyosat bilan aralashtirmaslikka chaqirdi
13 okt 2017 11:02
Yangiliklar
Sereso "Barselona"ga qarshi bahsdan oldin sportni siyosat bilan aralashtirmaslikka chaqirdi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso sportni siyosat bilan aralashtirmaslikka chaqirdi.
Sereso bu haqda "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 8-tur uchrashuvidan oldin aytdi.
"Barselona" prezidenti Bartomeu ham Madridga keladi va har doimgidek prezidentlar ishtirokida rasmiy tushlik tashkil etiladi. Muxlislarimiz sport va siyosat boshqa-boshqa sohalar ekanligini tushunishadi deb o'ylayman" - deydi Sereso.
1 oktyabr kuni Kataloniyada ushbu avtonom jamoatchilikning Ispaniyadan ajralib chiqishi bo'yicha referendum bo'lib o'tdi. Ovoz beruvchilarning 90%dan ortig'i Kataloniya mustaqilligini istashgan. SHundan so'ng, agar Kataloniya mustaqillikka erishsa "Barselona" qaerda o'ynashi mumkinligi haqida savollar kelib chiqdi.
"Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar