Serbiyalik futbolchi "Real"da qolmoqchi emas
19 iyu 2020 22:37
Yangiliklar


Serbiyalik futbolchi "Real"da qolmoqchi emas
Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich Milanga ko'chib o'tmoqchi.
U o'tgan yilning yozida "Ayntraxt"dan 60 mln evroga xarid qilingan edi. Sport Mediaset xabariga ko'ra, 22 yoshli forvard "Milan" hujum chizig'ida xorvatiyalik Ante Rebich bilan tandem hosil qilishni istayapti. Takidlanishicha, "qirollik klubi" serbiyalik hujumchini 2 mavsumga ijaraga berib yuborishi mumkin ekan.
Avvalroq "rossonerillar" Yovich uchun 40 mln evro taklif qilgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar