Serbiyalik futbolchi "Real"da qolmoqchi emas

19 iyun 2020, 22:37
Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich Milanga ko'chib o'tmoqchi.

U o'tgan yilning yozida "Ayntraxt"dan 60 mln evroga xarid qilingan  edi. Sport Mediaset xabariga ko'ra, 22 yoshli forvard "Milan" hujum chizig'ida xorvatiyalik Ante Rebich bilan tandem hosil qilishni istayapti. Takidlanishicha, "qirollik klubi" serbiyalik hujumchini 2 mavsumga ijaraga berib yuborishi mumkin ekan.

Avvalroq "rossonerillar" Yovich uchun 40 mln evro taklif qilgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Mediaset