Serbiyada tarixiy o'yin bo'lib o'tdi - u atigi 5 soniya davom etdi
06 noy 2020 10:37
Yangiliklar


Serbiyada tarixiy o'yin bo'lib o'tdi - u atigi 5 soniya davom etdi
Serbiyaning quyi ligalari doirasida "Vrelo" va "Spartak" jamoalari o'rtasidagi o'yin 5 soniya davom etdi.
"Spartak" futbolchilari o'yinga 7 futbolchi bilan kelishdi - bu bahs o'tkazilishi uchun minimum miqdor edi. Katta hisobdan qochish uchun mehmonlar ayyorona reja o'ylab topishdi.
Hakam o'yinni boshlash uchun hushtak chalgan bir vaqtda, "Spartak" o'yinchisi to'pga zarba berdi va "jarohat oldi". Hakamning esa 5 soniya o'tgan o'yinni to'xtatishdan boshqa yo'li qolmagan edi.
"Spartak"ga esa 0:3 hisobida mag'lubiyat yozildi. Bahs esa tarixdagi eng qisqa o'yin bo'lishga davogarlik qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar