Ser Aleks "Old Trafford"ga qaytmoqda
16 fev 2019 15:17
Yangiliklar
Ser Aleks "Old Trafford"ga qaytmoqda
"Manchester Yunayted" tvitteri kunning eng yaxshi xabarlaridan birini elon qildi.
Ser Aleks Fergyuson "Old Trafford"ga murabbiy sifatida qaytmoqda. U jamoani "Bavariya"ga qarshi xayriya o'yiniga tayyorlaydi.
Ushbu bellashuv 26 may kuni bo'lib o'tadi va 1999 yilgi trebl (Angliya chempionligi, Angliya kubogi va CHempionlar ligasi g'olibligi)ning 20 yilligiga bag'ishlanadi. Bu barcha ingliz jamoalari orasida eng katta yutuq hisoblanadi. O'sha natijani hozirga qadar hech bir klub takrorlay olgan emas.
O'yinni "Manchester Yunayted"ning xayriya fondi tashkillashtirmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar