So’nggi yangiliklar

01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  3 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  3 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  4

Ser Aleks Fergyusonni xafa qilgan 5 yulduz Yangiliklar

Ser Aleks Fergyusonni xafa qilgan 5 yulduz

O'z vaqtida ser Aleks Fergyuson taklifini rad etgan 5 mashhur yulduz.


ALAN SHIRER

Angliyalik afsonaviy hujumchisi Alan SHirer 1996 yilda tanlashi kerak edi: "Manchester Yunayted"ga o'tish yoki o'zining sevimli shahriga qaytish.

"Yunayted" direktori Martin Edvardsning so'zlariga ko'ra, SHirer xatto ser Aleks uyiga borib, qizil libosni kiymoqchi ekanligini aytgan.  Ammo "Blekbern" rahbari Jek Uoker o'z yulduzini Manchesterga qo'yib yuborishni istamagan, Alan esa tarbiyali yigit edi.

Natijada u qalbiga quloq soldi: SHirer Nyukaslga qaytdi va shahar jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning 206ta goli sovrin yutishga yordam bermadi, ammo "Nyukasl" CHempionlar ligasiga chiqdi va APL etakchilarini qiyin ahvolga solib qo'ydi.

Umuman olganda, "qizil iblislar" SHirersiz ham yaxshi natijalarga erishdi.

Alanning so'zlariga ko'ra, u afsusda emas. U ikki marta "qizil iblislar"ga "yo'q" degan, ammo futbolchining sovrinlar xonasidan boshqa hech kim zarar ko'rgani yo'q.


PATRIK KLYUYVERT

Ser Aleks qiyinchilik bilan bo'lsada SHirer qarorini qabul qildi. 1998 yilda Patrik Klyuyvertning rad javobi esa murabbiyni shokka tushirdi - gollandiyalik nima haqida o'ylagan?

O'shanda hujumchi 22 yoshda edi va "Milan" hamda MYU 9 mln. funtlik transfer borasida kelishib olishgandi. Klyuyvertdan tashqari klublar bu kelishuvga tayyor edilar. Manchesterdagilar bunga tushunishmasdi: "Qanday qilib? U "Manchester Yunayted" eng yirik klub ekanligini bilmaydimi?" Fergyuson xuddi shu savolni o'ziga bergan.

"Hayron bo'ldim, u xatto suhbatlashmadi va endi Patrik Londonga o'tmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Agar u shuni istasa, biz hech narsa qila olmaymiz".

Bu vaqtda Gollandiya futbolchisi Barselona vakillari bilan uchrashishni boshladi va yozda Kataloniya klubiga o'tdi. "Barsa" u bilan chempionlikni qo'lga kiritdi - Rivaldo Klyuyvert juftligi ish berdi. O'sha mavsum "iblislar" Duayt York va Endi Koul yordamida trebl qayd etishdi. Fergyusonning natijalari yaxshi bo'lib chiqdi - Patrik esa Kataloniyada bitta medal qo'lga kiritdi.

"1998 yilda iqtidorli gollandiyalik Patrik Klyuyvert biz bilan suhbatlashishni ham isatmay taklifimizni rad etganidan keyin u zarar ko'rdi. Biz ko'proq sovrin yutdik" - deb yozgandi Fergyuson o'z avtobiografiyasida. 


RONALDINO

"Barselona" va "Real" 2003 yilda Devid Bekxem uchun kurashni boshlashdi. Kataloniya klubi prezidenti bo'lishni istayotgan barcha nomzodlar saylov oldi kampaniyasida uni xarid qilishni vada berishgan. Sandro Rosel MYU bilan muzokaralar o'tkazgan va Beks "Real"ga yo'l olishi 80%ga hal bo'lganini tushunib etgan.

Fergi Bekxem o'rniga Ronaldinoni olib kelmoqchi bo'ldi, biroq bu fikr "Barselona"dagilar miyasida ham bor edi. "Yunayted" PSJ bilan kelishib oldi va transfer amalga oshishi uchun mayda ishlar qolgandi. Kataloniya klubi muzokaralarni boshladi va braziliyalik ispan klubini tanladi.

"Men Romario, Rivaldo va Ronaldo kabi buyuk braziliyaliklar to'p tepgan "Barselona"ga o'tishni istadim. Superyulduz bo'lishni istadim va bu erda imkoniyatlarim katta edi. Manchesterdagi yomon ob-havodan ko'ra Barselona hayotini maqul ko'raman" - degandi o'shanda 22 yoshli futbolchi.

SHotlandiyalik mutaxassis xafa bo'ldi va bor etiborini "Sporting"da to'p tepayotgan 17 yoshli yigitchaga qaratdi: "Men kelishib olgandik deb o'ylagandim, ammo Parijga uchib borganimda hammasi bunday emasligini tushundim. Uning vakillari bitimning bazi bandlari o'zgarganini aytishdi. Keyin u "Barselona"ga o'tdi. Xafa bo'ldim, ammo natijada Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzoladik. Voqealar boshqacha tus olganda, kim biladi, Ronaldu kimga nasib etardi".


EDEN AZAR

2012 yilning yozida Eden Azarga xaridorlar soni ko'payib ketdi. 21 yoshli futbolchini deyarli barcha grandlar qo'lga kiritishni istadi, ushbu kurashda MYU so'nggi mavsumda CHL g'olibi bo'lgan "CHelsi"ga imkoniyatni boy berdi.

Futbolchi qarorini "Tvitter"da tushuntirib berdi. Uning aytishicha, hammasini Roman Abramovich bilan suhbat hal qilgan ekan: "U futbolni sevuvchi oddiy inson. Biz bitta narsani istadik - "CHelsi"ni cho'qqida ko'rishni. Men uchun yaxshigina pul to'lashdi, ammo hech kimga bosim o'tkazmadim. "CHelsi" yoki MYUdan birini tanlashim kerak edi, ammo "CHelsi" eng yaxshi loyiha deb o'ylayman".

Azarning "Lill"dagi jamoadoshlaridan biri Tulio de Melo bu transfer haqida batafslroq aytib berdi: "Ular Abramovichning yaxtasida uchrashishdi, keyin esa restoranda ovqatlanishdi. Azar xursand bo'lib qaytdi va shunday dedi: "U meni ko'ndirdi". Natijada kelishuv amalga oshdi".

Fergyusonning aytishicha, narx unga yoqmagan ekan:

"Futbolchilarga yuqori baho berishim mumkin. Ammo o'sha paytda narx juda baland edi. U kuchli futbolchi, biroq 34 mln. funt?

Top futbolchilar atrofidagi vaziyat, narx, maoshlar, agentlik bonuslari - chegaradan chiqib ketmoqda. "CHelsi" Azar uchun agentga 6 mln. funt to'lab berdi. Nasri bilan ham shunday bo'ldi. Hammasi futbolchini qanchaga baholashingda".

Ser Aleks Azar o'rniga SHinji Kagavani xarid qildi.


SAMIR NASRI

"Bitta narsa aniq: Biz uni "Manchester Yunayted"ga sotmaymiz" - degandi Arsen Venger. Biroq Nasrining o'zi yangi shartnomaga qo'l qo'yishni istamayotgan edi. O'sha vaqtda Fergyuson yulduz yarim himoyachini qo'lga kiritishning vaqti keldi deb o'yladi va uni Pol Skoulz o'rniga olib kelmoqchi edi.

"Ser Aleks bilan yashirincha Parijda uchrashdik, mish-mishlar bo'lishini istamadik. Ammo bir muammo bor edi: Mendan "Arsenal"ga qarshi urush ochishni so'rashdi. Arsen Venger bilan bunday qila olmasdim".

"To'pchilar" haqiqatdan ham Nasrini "qizil iblislar"ga berishni istamadi. "Manchester Siti" esa og'riqli variantdek ko'rinmadi: "Tatilda Roberto Manchini deyarli har kuni qo'ng'iroq qildi. U rostdan ham menga qiziqib qolgandi. Agentlar bilan suhbatlashdim va ular menga bitta savolni berishdi: Nimani xohlayapman - Tarixda qolishnimi yoki "Yunayted"da "oddiy askar" bo'lishni.

"Rozi bo'ldim va birinchi mavsumimdayoq sovrinni qo'lga kiritdim. Tanlovda adashmadim".

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика